Dehkanabad potash plant

Dehkanabad potash plant Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Dehkanabad potash plant, Gas and chemical service, Узбекистан, Узбекистан.

      Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan...
01/09/2026




Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimiz, tinch va osuda kelajagimizning mustahkam poydevoridir.

Bugun yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, korxonamiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha xodimlarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Barchamiz yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham hamjihatlik bilan mehnat qilaylik!

Xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va quvonch arimasin. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ
Bosh direktori To‘lqin Zaripov

    1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI KUNIQadrli yurtdoshlar!Sizlarni yurtimiz mustaqilligining ...
01/09/2026



1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI KUNI

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimiz — milliy g‘ururimiz, bebaho ne’matimiz va yorug‘ kelajagimiz poydevoridir.

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va ravnaqi bardavom bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

       Mustaqillik bayramiga — munosib tuhfa!Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ...
29/08/2026




Mustaqillik bayramiga — munosib tuhfa!

Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ jamoasiga yana bir quvonchli tuhfa ulashildi.

“Asian Chemical Group” MChJ tomonidan korxona jamoasiga 1 dona traktor, 1 dona suv tashuvchi maxsus avtomashina hamda togʻ-kon majmuasiga 1 dona yer osti ortish-tashish avtomashinasi taqdim etildi.

Ushbu ezgu tuhfa — hamkorlik, o‘zaro hurmat va korxona jamoasiga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir.

Yangi texnikalar korxonada obodonlashtirish va xo‘jalik ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

       Korxona xodimlari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandiQarshi shahri hamda Dehqonobod tu...
28/08/2026




Korxona xodimlari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Qarshi shahri hamda Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz Prezidentining tegishli Farmoni asosida ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fidokorona mehnati va yurt ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilgan yurtdoshlar qatorida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 14 nafar xodimi ham “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof korxona xodimlarining Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

Taqdirlangan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!

       Mustaqillik — birlik va bunyodkorlik bayrami!“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat musta...
27/08/2026




Mustaqillik — birlik va bunyodkorlik bayrami!

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir davomida korxona ravnaqi, ishlab chiqarish samaradorligi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi xodimlarning mehnati alohida e’tirof etildi. “Asian Chemical Group” MChJ, Dehqonobod tumani hokimligi hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tomonidan faol va tashabbuskor xodimlarga tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ham esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan jamoalar esdalik sovg‘alari, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan mukofotlandi.

Tadbirning samimiy va hayajonli lahzalaridan yana biri — korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilgan 8 nafar xodimni munosib ehtirom bilan nafaqaga kuzatish marosimi bo‘ldi. Ularga ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, hamjihatlik va ertangi kunga yuksak ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

     Mustaqilligimiz — mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash timsolidir!O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginin...
25/08/2026



Mustaqilligimiz — mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash timsolidir!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, farzandlarning ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish maqsadida xayrli tashabbus amalga oshirildi.

Jamiyat va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida 20 nafar kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktabda o‘qishlari uchun zarur o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Shuningdek, jamiyatda faoliyat yuritgan boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 11 nafar farzandi hamda tumandagi kam ta’minlangan oilalarning 2 nafar farzandi uchun maktab kiyimlari olib berildi.

Ushbu ezgu tashabbus farzandlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi, ularning ta’lim olishiga ko‘maklashish va oilalarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Kitobxon xodim” — mutolaa va ziyoga ehtirom “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosab...
21/08/2026

“Kitobxon xodim” — mutolaa va ziyoga ehtirom

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan korxona xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni kengaytirish maqsadida “Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Hay’at a’zolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra, tanlov natijalari quyidagicha baholandi:

1-o‘rin — Buxgalteriya hisobi xizmati buxgalteri Abduxoliq Ubayev;
2-o‘rin — Ichki audit xizmati auditori Jo‘rabek Yo‘ldoshev;
3-o‘rin — Zavod markaziy laboratoriyasi navbatchi kimyoviy tahlil laboranti O‘g‘iloy To‘rayeva.

Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanib, ularga pul sertifikatlari topshirildi.

Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va ma’naviy kamolotga yetaklaydigan bebaho manba. Korxonamizda kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan bunday tadbirlar xodimlarning bilim va salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Mustaqillik nafasi — korxonamizda bayram shukuhi! Har bir bezakda — Vatanga muhabbat, birlik va bunyodkorlik ruhi!Yurtim...
21/08/2026

Mustaqillik nafasi — korxonamizda bayram shukuhi!

Har bir bezakda — Vatanga muhabbat, birlik va bunyodkorlik ruhi!

Yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tashqi va ichki hududlarida bayramona banner hamda plakatlar o‘rnatildi.

Shuningdek, korxonamizga tegishli avtobuslar ham bayramona yozuvlar va bezaklar bilan jihozlanib, Mustaqillik shukuhi yanada keng qamrovda aks ettirildi.

Bezaklarda aks etgan bayrog‘imiz ranglari, ezgu tilaklar va Vatanimizga bo‘lgan mehr Mustaqillik bayramining ko‘tarinki ruhini yanada namoyon etmoqda.

Yagona Vatan, yagona xalq — inson qadri ulug‘!O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Deh...
21/08/2026

Yagona Vatan, yagona xalq — inson qadri ulug‘!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar davom etmoqda.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Tog‘-kon majmuasining sobiq xodimi, I guruh nogironi Normengli Hamzayevga mavjud nogironlik aravachasi yaroqsiz holga kelgani munosabati bilan yangi nogironlik aravachasi olib berildi.

Mazkur ezgu tashabbus “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ va kasaba uyushma qo‘mitasining ijtimoiy himoyaga muhtoj sobiq xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarining yana bir ifodasidir.

Bunday ezgu amallar — inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va birdamlikning yorqin namunasi hisoblanadi.

Address

Узбекистан
Узбекистан
180400

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Dehkanabad potash plant posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Dehkanabad potash plant:

Shortcuts

Share