10X Savdoni 10 barobargacha oshiring

08/07/2022

Arzon ekan deb aldanib qolmang!

Hozir pul topish uchun har narsaga tayyorlar ko’payib ketdi!

Shu narsalarga e’tibor bering:

- iPhonelarni hamma joydan arzon narxda taklif qilishadi
- Doim oldindan to’lov talab qilishadi
- Aniq manzillari yo’q
- Asosan Instagram direct Whatsapp yoki Telegramdan gaplashishadi
- Oldin aldangan insonlarni blok qilishadi va komentariya yozishni o’chirib qo’yishadi
- O’zlarini Rossiya yoki Chet mamlakatda deb tanishtirishadi
- Boshqa internet dokonlar videolaridan foydalanishadi

- Eng asosiy yolg’onlari hozirgi k***a muddatli tolovga beramiz Boshlang’ich tolov to’lang shartnoma qilamiz deb pulni olib yo’q bo’lib qolishadi!

Hushyor bo’ling do’stim!

Hamma narsa nisbiy!Go’zallik ham hamma uchun har xil tushuncha!Masalan Man uchun go’zallik bu Onam va Tabiat!Soatlab qar...
18/06/2022

Hamma narsa nisbiy!

Go’zallik ham hamma uchun har xil tushuncha!

Masalan Man uchun go’zallik bu Onam va Tabiat!

Soatlab qarasam ham to’ymayman!

Boy inson (pul ma’nosida) tinimsiz pulini ko’paytirgani uchun boy hisoblanmaydi!Doimiy pul ko’paytirish payidagi odam oc...
10/05/2022

Boy inson (pul ma’nosida) tinimsiz pulini ko’paytirgani uchun boy hisoblanmaydi!

Doimiy pul ko’paytirish payidagi odam ochko’z hisoblanadi!

Boylik bu doimiy qanoat qilish, boriga shukur qilishlikdir! Shunday insonlargina to’qlikda va sakinatda yashaydi!

23/03/2022

Yana bir lifehack✅

Bunaqa ma’lumotlarni saxranit qilib qoyish kerek✊

 +1Franshiza Hamkorlikdagi 1-dokonimizni Asaka shahrida ochib oldik.Bizni bu qadar iliq kutib olishlarini va shuncha mij...
08/03/2022

+1

Franshiza Hamkorlikdagi 1-dokonimizni Asaka shahrida ochib oldik.

Bizni bu qadar iliq kutib olishlarini va shuncha mijozmiz borligini bilmagandik.

Hali ochilish kuni tugamasdan barcha savdo rekordlari yangilandi✅

Alloh baraka bersa hech gap emas degani Shu bo’lsa kerak😊

Doim halol va rostgoy savdo qilish nasib qilsin🤲

O’zim 3-4 kun ASAKADA bo’laman.
Jarayonlarni to’liq tizimlashtirgach keyingi filial ochilishiga harakatni boshlaymiz InshaAlloh✅

ochmoqchi bo’lganlar Shoshiling sizni viloyatingiz band bo’lib qolib imkoniyatni qo’ldan boy berib qo’ymang!

Andijonliklarga alohida Raxmat✊

Nega Call Centre: (998)555-007-707]] ni yomonlashsa ham ortimizdan tinimsiz g’iybat qilishsa ham javob qaytarmaymiz?Juda...
04/03/2022

Nega Call Centre: (998)555-007-707]] ni yomonlashsa ham ortimizdan tinimsiz g’iybat qilishsa ham javob qaytarmaymiz?

Juda ko’pchilik Shu savolni qayta-qayta bergani uchun yozdim bu postni!

Insonlar shunday tabiatdaki kimdir yangilik qilsa doim muhokama qilishadi. Qarshilik qilishadi. Tarixni bilganlar tushunadi doim shunday bo’lgan!

Biz esa doim yangilik ustida ishlaymiz birov qilganini takrorlamaymiz!

Biz ham bazida xato qilamiz ideal inson emasmiz. Buni tan olaman. Kim xato qilmaydi bilasizmi o’lik odam! Lekin chin musulmon birovning g’iybatini qilmaydi. Orqasini kovlamaydi. Ayb ko’rsa barchaga ovoza qilib obrosizlantirishga urinmaydi!

Halollikni davo qilgan savdogar esa hech qachon birovning molini yomonlamaydi!

Endi o’zingiz o’ylab ko’ring bizni yomonlash uchun insonda 2ta sabab bo’lishi kerak. Yo o’zining savdosini oshirish yoki hasad!

O’zi shundoq ham hasad o’tida yonayotgan odamlarga vaqt ajratib javob qilishimiz o’rinsiz deb bilamiz.

Uning o’rniga bor kuchimizni Call Centre: (998)555-007-707]] ni rivojlantirishga sarflashni afzal bilamiz.

Qolganlarga ham shuni tafsiya beraman. Bizni muhokama qilish o’rniga o’z biznesingizni rivojlantirish ustida ishlash kerak!

Heyterlarga e’tibor bermang! Ular o’zlarining omadsizliklari alamini sizdan olishga urunishadi. Agar kayfiyatingiz buzilsa demak ular maqsadga erishadi. Siz bu holatdan zavqlaning chunki Siz ulardan ancha oldindasiz!

To’xtamang, Yangilik qiling, qarshilik qilganlarga e’tibor bermang. Agar sizni tanqid qilishmasa bilingki Siz kerakli darajada harakat qilmayapsiz!

Call Centre: (998)555-007-707]] - Aqlli Insonlar Tanlovi😊

Nega filial emas franshiza ochyapmiz?To’liq daromadni franshiza egasiga berishdan maqsad nima?2020 yilda 12 ta viloyatga...
03/03/2022

Nega filial emas franshiza ochyapmiz?

To’liq daromadni franshiza egasiga berishdan maqsad nima?

2020 yilda 12 ta viloyatga filial ochish maqsadi bo’yicha harakat qilayotgandik.

Samarqanddan boshladik va juda muvaffaqqiyatli bo’ldi. Internetda ko’p mijozlarimiz borligi sabab qiynalmadik😊

Lekin sekin-sekin biz kutmagan muammolar chiqa boshladi. Mijzolarga qilinayotgan muomalani sifati pastlashi, xodimlar ustidan nazoratga qiyinchilik seza boshladik. (Kamomat degandek😤)

Ming qilsa ham xodim kompanyaga o’z mulkidek munosabatda bo’lib jon kuydirishi qiyin masala. Ayniqsa u yangi xodim bo’lsa. Yuqori malakali hodimlar O’zbekistonda kamligini inobatga olsak 12 ta viloyatni bir vaqtda yuqori sifatda ushlash bizdan katta resurs talab qilardi.

Shu paytda ajoyib fikr tug’ildi biz filial emas hamkorlikda dokon ochishga qaror qildik. Shunda biz nazoratni 70%ga osonlashtira olamiz.

Lekin bir narsa juda qo’rqitdi shuncha mehnat qilingan brendni tetti yot begonaga berish huddi Ujas

O’zimizga o’xshagan ko’zida o’ti bor, qilayotgan ishini sevib mehr bera oladigan insonlargagina beramiz deb niyyat qildik. Shunday insonlargina ni yangi level ga olib chiqishimizda yelkadosh bo’la oladi✊

Shu sababli bo’lsa kerak 200ta qiziqqan odamdan endi bittasiga Asaka shahriga shartnoma tuzdik. Bazilarga shartnoma tuzulayotgan paytda ham bazi kriteryalar mos kelmagani sabab rad javobini berdik!

Bugun ham bir kishiga rad javobini berdim. Sababi Smartlife shunchaki pul keltirib turishini xohlaydigan, savdoga jiyanini qo’yib qo’ymoqchi bo’lganlar uchun emas! Shunchaki pul tikadigan narsa emas.

Axir hech Kim kirmaydigan podvalda 1,5 metrlik vitrinadan boshlanib Shu darajaga kelishida juda ko’p insonlarning mehnati bor!

Biz faqatgina Ummatga xizmat qilish maqsadida biznes qiladigan hamkorlar bo’lsa ishlaymiz.

Unutmang mol-dunyo soyaga oxshaydi u tomon qancha yursangiz, yugursangiz u shuncha qochadi. Alloh roziligi yo’lida bo’lsangiz ortingizdan quvlab yuradi osha bevafo, shirin mol dunyo!

12/02/2022

InshaAlloh tez orada barcha shaharlarda bo’ladi😊

Biz franshiza ya’ni hamkorlikni faqat qadryatimizga to’g’ri keladigan halol va shu sohaga qiziqishi bor insonlar bilan birga qilamiz✊

O’z-o’zidan yetkazib berishimiz ham tezlashadi.

Kun kelib shunday darajaga yetaylikki ,, zig’ircha aqli bor inson borki bizni tanlasin ‘’

Ba’zilar uchun bu xuddi imkonsizdek tuyuladi lekin biz ishonamiz va bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Umrni mayda chuydalarga sarflagandan katta maqsadlar ustida tinimsiz kuch sarflash zavqliroq. Natijasi esa Allohdan🤲

Agar sizni ham shunday katta ishlar qiziqtirsa magazinini o’z shahringizda ochishni istasangiz biz bilan bog’laning!

📞 98-276-17-01 Mashhurbek

03/02/2022

Xurmat bilan taklif qilamiz😊

Juma kuni soat 15:00da ERTAGA

Yangi dokon Yangi Format Yangi tovarlar bilan✅

28/01/2022

Ichim yonib gapirvordimda😷

Siz qanday fikrdasi bu masalada?

22/01/2022

Mijozning kiyinishiga, oladigan narsasi bahosiga qarab muomala qilmang!

Avvalo o’zimizga eslatma!

Alloh barchamizni halol savdogarlardan qilsin🤲

Moyushiy - Eng tez kasbini o’zgartirishni xohlaydigan inson!Kam pul topgani, doim suv - sovuqda ishlagani uchun emas. Ul...
15/01/2022

Moyushiy - Eng tez kasbini o’zgartirishni xohlaydigan inson!

Kam pul topgani, doim suv - sovuqda ishlagani uchun emas. Ularga odamdek muomalada bo’lishmaganidan. Past nazar bilan qarashganidan. Farzandi Otam moykada ishlaydi deyishga uyalganidan!

Moykada ishlagan odam kasb deb ham hisoblamaydi. Vaqtinchalik tirilchilik sifatida qaraydi. Shu sabab ishiga mehr ham berolamsa kerak!

Biz shu tendensyani o’zgartirmoqchimiz! Pokizalikni, Isloh qilishni yoqtiradigan insonlar hayotiga iliqlik olib kirmoqchimiz😊

Biz shunday atmosferadagi ishxona qilaylikki InshaAlloh biz bilan ishlaydigan jamoa a’zolarimizga barcha mijozlar hurmat bilan munosabatda bo’lishsin!

Odam nima ish bilan shug’ullanishi muxim emas. Shu ishni qanday qilishi muxim!


Address

Fergana
150100

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when 10X posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share