Behzod_Rustamovich

  • Home
  • Behzod_Rustamovich

Behzod_Rustamovich Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Behzod_Rustamovich, .

🇻🇳 Vietnam
15/02/2026

🇻🇳 Vietnam

Effektiv natijali ishlar uchun kamida 2 marta mehnat ta’tili bor. Undan albatta foydalanish va miyyaga dam berish kerak....
10/02/2026

Effektiv natijali ishlar uchun kamida 2 marta mehnat ta’tili bor. Undan albatta foydalanish va miyyaga dam berish kerak. Eng yaxshi dam oila va farzandlar bilan bo’ladi!

Bu galgi safarimiz Yaponiyaga bo‘ldi. 🇯🇵Rivojlanish cho‘qqilariga yetgan davlatlarda bo‘lish har doim zavqli va kuchli m...
29/01/2026

Bu galgi safarimiz Yaponiyaga bo‘ldi. 🇯🇵
Rivojlanish cho‘qqilariga yetgan davlatlarda bo‘lish har doim zavqli va kuchli motivatsiyaga boy bo‘ladi. Chunki hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘pligini anglaymiz.

Yaponiya — o‘ta tizimlashgan davlat. Hamma narsa aniq yo‘riqnoma asosida ishlaydi va undan chetga chiqishni jamiyat qabul qilmaydi. Go‘yo shveytsariya soatiga o‘xshaydi. ⏱️

Rivojlanishning asosiy omili, albatta, intizom. Ammo buning o‘ziga yarasha salbiy tomonlari ham borligini ko‘rdim: erkin fikrlash va ijodkorlik biroz cheklanadi. Ko‘pchilik faqat o‘z vazifasini mukammal bajarishni biladi, ortiqcha savol berilsa esa darhol yuqori rahbariyatga murojaat qiladi. Bunga bir necha bor guvoh bo‘ldik.

Lekin infratuzilma — ideal. Metro, jamoat transporti, poyezd yoki oddiy taksi bo‘ladimi — hech qanday ortiqcha bosh og‘rig‘i yo‘q. Birinchi marta kelgan odam ham qiyinchilik sezmaydi.
Birinchi marta yerda soatiga 600 km tezlikka chiqdim. Albatta, poyezdda 🚄
Taxminan Toshkent–Buxoro masofasi 2 soatda bosib o‘tildi. Bu alohida hayajon bag‘ishlaydi.

Ovqat masalasida biz uchun biroz noqulaylik bo‘lishi mumkin, ammo ko‘rishga va tajriba qilishga albatta arziydi. Ayniqsa Kyoto va Nara shaharlariga borishni tavsiya qilaman. U yerda uzoq tarix va zamonaviy tizim uyg‘unlashganini ko‘rishingiz mumkin.
Taasurotlar juda ko‘p, ammo eng esda qolgani — hatto tashkiliy jarayonlarda ham hamma narsa qat’iy tizim asosida amalga oshiriladi va bu rejimdan chiqilmaydi. 5–10 daqiqa ertaroq bo‘shasangiz ham, keyingi reja belgilangan vaqtidan boshlanadi.

Hayotimizga shuning o‘zinigina joriy qilsak ham, natijalarimiz ancha yaxshilanadi.
Time managementning eng yuqori namunasi — Yaponiya!

  🇯🇵 Nimani orzu qilsang, shuni chin dildan xohlab harakat qilsang, Alloh yo’ling va ishingni shunga to’g’irlab qo’yadik...
17/01/2026

🇯🇵 Nimani orzu qilsang, shuni chin dildan xohlab harakat qilsang, Alloh yo’ling va ishingni shunga to’g’irlab qo’yadiki, amalga oshganidan o’zing ham hayratda qolasan! Niyyatni eng kattasini qo’yavering, hayolizga sig’maydigan darajada kattasini-ammallar niyyatga bog’liq! Yaponiya endi orzu emas.

2025-yil kompaniya hayotida qanday iz qoldirdi?Bu yil faqat katta emotsiyalar bilan emas, balki bir necha baravarga kuch...
13/01/2026

2025-yil kompaniya hayotida qanday iz qoldirdi?

Bu yil faqat katta emotsiyalar bilan emas, balki bir necha baravarga kuchaygan infratuzilma, IT texnologiyalar, mijozlarimizga 300 qadam yaqinlashuv, ikki baravar kengaygan jamoa hamda millionlab mijozlarning ishonchi va ularga ko‘rsatilgan sifatli xizmat bilan yodda qoldi.

Jamoamiz har doim jamiyatda o‘z o‘rnini belgilash va xalqimiz madaniyatidan kelib chiqqan holda sifatli yetkazib berishni ta’minlash qadriyati bilan yashaydi.

O‘z o‘rnini, hurmati va obro‘sini o‘zi yaratib kelayotgan barcha fidoyi jamoa a’zolariga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Kelajakda bundan-da yuksak natijalarni sizlar bilan birga bemalol amalga oshira olishimizga ishonaman.

Yil sarhisobi bo‘yicha bugun jamoaning bir qismi bilan yig‘ilib, o‘tgan yil natijalarini tahlil qildik. Eng yaxshilar esa alohida e’tirof etildi.

🇨🇳Xitoy davlatiga jamoamiz bilan 10 kundan ortiq davom etgan safarimiz nihoyasiga yetdi. 🎯Asosiy maqsadimiz rivojlangan ...
10/01/2026

🇨🇳Xitoy davlatiga jamoamiz bilan 10 kundan ortiq davom etgan safarimiz nihoyasiga yetdi.

🎯Asosiy maqsadimiz rivojlangan mamlakatdagi top yetkazib berish kompaniyalari bilan uchrashish va tajriba almashish edi. Eng yirik hisoblangan 4 ta tashkilotda bo‘ldik va shuni ko‘rdikki, bu kompaniyalar 40–50 yil kelajakni o‘ylab ishlashyapti.

🏙Infrastruktura va tizimlari ko‘zni quvontiradigan darajada rivojlangan. Ba’zilarining xususiy aeroportlari va 100 dan ortiq samolyotlari bo‘lib, bu kundalik dostavka jarayonlarini yanada tezlashtiradi. Havas qilamiz, o‘rganamiz va tatbiq etamiz!

Bundan tashqari, Xitoy davlati o‘zining 30–40 million aholi yashaydigan ulkan megapolislari, kuchli infrastruktura va texnologiyalari, tinim bilmay mehnat qiladigan va biroz “madaniyatsiz” insonlari bilan ham xotiramizda qoldi.

🏕Chiroyli tabiat va 3 xil faslni atigi 10 kun ichida ko‘rib qaytdik desak ham bo‘ladi.

Mukammal reja emas, muntazam harakat g‘alaba keltiradi.
05/11/2025

Mukammal reja emas, muntazam harakat g‘alaba keltiradi.

Jamoamizning Vodiy hududidagi xodimlari bilan iliq muhitda Team Building tadbirini o‘tkazdik.Bu uchrashuvda bir-birimiz ...
27/10/2025

Jamoamizning Vodiy hududidagi xodimlari bilan iliq muhitda Team Building tadbirini o‘tkazdik.

Bu uchrashuvda bir-birimiz bilan yanada yaqindan tanishgan holda o‘tgan yilgi natijalarni sarhisob qildik va 2026-yil uchun yangi maqsadlarni belgiladik.

Tadbir davomida har bir xodimimizga — va hattoki ularning ota-onalariga ham alohida tashakkurnomalar topshirdik.

Kecha Davlat Agrar Universitetida talabalar bilan jonli ko’rishuvimiz o’tdi. Iqtidorli va intiluvchan yoshlarga tajriba ...
16/10/2025

Kecha Davlat Agrar Universitetida talabalar bilan jonli ko’rishuvimiz o’tdi. Iqtidorli va intiluvchan yoshlarga tajriba ulashish, ularning biznes yo’nalishida qiziqtirgan savollariga javob berib tajriba ulashdik. Universitet bilan ichkaridan tanishib uyerda tashkil qilingan sharoitlar bilan tanishdik. Loyihalar ustida ishlayotgan yoshlardan biz ham ilhomlandik. Universitet rahbariyatiga taklif uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🇰🇿 Qozog’istonga navbatdagi safarimizni boshladi. O’zbek brendini dunyo bo’ylab yoyish strategiyamizning navbatdagi qada...
22/09/2025

🇰🇿 Qozog’istonga navbatdagi safarimizni boshladi. O’zbek brendini dunyo bo’ylab yoyish strategiyamizning navbatdagi qadami. Birinchi navbatda Turkiy millatlar orasida sifatli va ishonchli yetqizib berish xizmatini joriy qilish va qardoshlarimiz uchun qulayliklar yaratish asosiy maqsadimiz. Shu maqsadlarimizni amalga oshirish maqsadida Qozog’iston ichida yetqizib berish xizmatini yo’lga qo’yganmiz. Safarimizning asosiy maqsadi sohada yetikchi bo’lish uchun navbatdagi qadamlar. Shu maqsad bilan bugun Silk Way kompaniyasi bilan tushlik ustida Xitoydan qozoq xalqiga mahsulotlarni yetqizish ustida suhbatlashdik! Duo qilib qo’yasizlar! .kz

O’g’lim Ibrohim Taekwondo bo’yicha yuzlab musoboqalar, bir qancha viloyat va davlatlarda bo’lgan bo’lsa ham bor yo’g’i b...
11/08/2025

O’g’lim Ibrohim Taekwondo bo’yicha yuzlab musoboqalar, bir qancha viloyat va davlatlarda bo’lgan bo’lsa ham bor yo’g’i bir marta borib qatnashgan edim! Chunki o’g’il bola o’z ishini o’zi hal qilishga, erkin bo’lib, kengroq fikrlashga majbur. Qiz unaqamas!!! Qizning har bir kuni, vaziyatida yonida otasi turishini, suyanadigan odami kimligini ko’rsatib qo’yish kerak. Qiz gar qanaqa vaiyatda otasiga suyana olishi, uning uchun turib berishini bilishi kerak. Mehrni otasidan ko’rishi kerakki boshqa etiborga muhtoj bo’lmasin! Bugun gimnastika bo’yicha musoboqada yutdik🎉🎉🎉

Jamoamiz bilan ishdan tashqari fikr almashish va dam olish uchun Chorvoqdamiz!😍
07/08/2025

Jamoamiz bilan ishdan tashqari fikr almashish va dam olish uchun Chorvoqdamiz!😍

Address


Telephone

+998901057777

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Behzod_Rustamovich posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Behzod_Rustamovich:

  • Want your business to be the top-listed Business?

Share