19/09/2022
Abu hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam "Ummatimning barchasi jannatga kirar, lekin bosh tortganlarigina kirmas" – dedilar.
Odamlar: "Ey allohning Rasuli, kim bosh tortadi?!" – dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: " Kim menga itoat qilsa jannatga kiradi, kim menga osiy bo'lsa batahqiq bosh tortgan bo'ladi" – dedilar (Buxoriy rivoyati).