bdm.uz

bdm.uz Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from bdm.uz, Business service, Tashkent.

Savdo hajmini oshirish uchun: "Uxlayotgan” mijozlarni uygʻoting. “Uxlayotgan“ deganda ilgari sizdan xarid qilgan, ammo s...
28/12/2021

Savdo hajmini oshirish uchun: "Uxlayotgan” mijozlarni uygʻoting.

“Uxlayotgan“ deganda ilgari sizdan xarid qilgan, ammo soʻnggi bir necha hafta / oy / yil davomida (mahsulot va xizmat turiga qarab har xil) xarid qilmagan mijozlar tushuniladi. Ularni uygʻotish juda oson - shunchaki oʻzingizni eslatib qoʻying.

Buni qanday qilish kerak deysizmi ?
Qoʻngʻiroq qilish yoki boshqa qandaydir usulda (buni mendan ko'ra yaxshiroq bilasiz)nima uchun anchadan beri xarid qilmayotganini soʻrab, biror qiziqarli taklif bering: yangi mahsulotlar, xizmatlar, aksiyalar va hk.

Statistikaga koʻra, bunday mijozlarning 20% ​​gacha boʻlgan qismi ”uygʻonishadi" - yaʼni yana xarid qilishni boshlaydilar.

Amaliy topshiriq: Haftaning oxirigacha barcha uxlayotgan mijozlarga qoʻngʻiroq qilib koʻring va natijasini biz bilan baham ko'ring.

_________uz

FedEx joʻnatmalarni tashuvchi yirik servislardan biri hisoblanadi.Uning reklamalari ham oʻziga xosligini ko'rishimiz mum...
16/11/2021

FedEx joʻnatmalarni tashuvchi yirik servislardan biri hisoblanadi.
Uning reklamalari ham oʻziga xosligini ko'rishimiz mumkin.

Jo'natmalarni bir derazadan boshqasiga uzatgandek qabul qiling...

__________
➡️ .uz

👥 Menejment - xodimlarni boshqarish.Biznesni xodimlarsiz yoki jamoasiz tasavvur qilish qiyin.Eng katta natijalarga ham, ...
16/11/2021

👥 Menejment - xodimlarni boshqarish.

Biznesni xodimlarsiz yoki jamoasiz tasavvur qilish qiyin.

Eng katta natijalarga ham, albatta, jamoa bilan erishiladi.

Ustozimiz Ibrahim Gulyamov aytganlaridek, bitta ot 400 kilo yuk ko'taradi. Agar ular 2ta bo'lsa 1 tonna yoki undan ham ko'proq yukni ko'tara oladi.

Biz kompaniyaga sadoqatli xodimlar bilan uzoqroqqa bora olamiz, kattaroq natijalarga erisha olamiz.

Buning uchun kompaniyada xodimlar bilan munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lishi, ularning motivatsiya tizimi bo'lishi, bir so'z bilan aytganda, xodim kompaniyani o'z uyidek ko'rishi uchun muhit yaratilgan bo'lishi lozim.

____________
➡️ .uz

✴ Biznesda eng muhim narsa bu - Sotuvdir.Sotuv yaxshi bo'lmasa:1. Biznes rivojlanmaydi. Bir joyda depsinib turaveradi.2....
16/11/2021

✴ Biznesda eng muhim narsa bu - Sotuvdir.

Sotuv yaxshi bo'lmasa:
1. Biznes rivojlanmaydi. Bir joyda depsinib turaveradi.
2. Xodimlarimizga yuqori maosh bera olmaymiz.
3. Yangi filiallar ocha olmaymiz, chunki ochishdan foyda ham yo'q.
4. Marketingga budjet ajrata olmaymiz.

Buni uzundan uzun qilib davom ettirishimiz mumkin.
Oxir-oqibatda esa biznes bankrot bo'ladi.

Shuning uchun biz ishlab chiqaruvchi bo'lamizmi, xizmat ko'rsatuvchimi yoki savdo-sotiqmi birinchi navbatda kompaniyada Sotuvni to'g'ri yo'lga qo'yishimiz kerak.

____________
➡️ .uz

🔹️ Marketing nima ?Marketing bu - nega mijozlar meni tanlashi kerak degan savolga javobni mijozlaringizga to'g'ri ko'rsa...
16/11/2021

🔹️ Marketing nima ?

Marketing bu - nega mijozlar meni tanlashi kerak degan savolga javobni mijozlaringizga to'g'ri ko'rsatib bera olish qobiliyatidir.

Ustozimiz Ibrahim Gulyamovning ajoyib o'xshatishlari bor:

Tasavvur qiling, siz do'kon ochdingiz va uni berkitib qo'ydingiz. Odamlar siz do'kon ichida nima sotishingizni ham bilishmaydi xattoki. Sizdan kim sotib oladi. Albatta, hechkim.

Demak, biz o'z biznesimizda marketingni to'g'ri yo'lga qo'ymas ekanmiz, mahsulot yoki xizmatimiz qanchalik zo'r bo'lmasin xaridorlar bizdan emas raqobatchimizdan xarid qilishda davom etaveradi.

____________
➡️ .uz

♻️Biznesdagi tizim haqida.Hayotimizda bo'lgani kabi biznesda ham tizimlar mavjud.Biz duch kelgan har qanday qurilmada ti...
16/11/2021

♻️Biznesdagi tizim haqida.

Hayotimizda bo'lgani kabi biznesda ham tizimlar mavjud.

Biz duch kelgan har qanday qurilmada tizim mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, mexanik soat, mashina...

Mashinani o't oldirish uchun unga o'tirib kalitni 2 marta burash kifoya, uning barcha qismlari harakatga tushadi.

Mashina bir qancha qismlardan tashkil topgan. Har bir qism bir biriga uzviy bog'liq. Mashina tekis va ravon harakatlanishi uchun uning barcha qismlarining sozligi talab qilinadi.

Biznesni ham mashinaga qiyoslash mumkin. Marketing sotuv bilan, sotuv menejment bilan aloqadorligini ko'ramiz. Biznes egasi esa Mashina BOSHQARUVCHISI hisoblanadi.
U biznesni direktor - kalit yordamida boshqaradi.

Biz o'z biznesimizni mana shunday tizim asosida qurmas ekanmiz, uni boshqarish ham ustozlarimiz aytganidek dehqonchasiga bo'lib qolaveradi. Bunday biznes kengaya olmaydi, faqatgina bir insonga bog'liqligicha qolaveradi.

_________uz

🔹️ Biznes diagnostika xizmati nimalardan iborat:➖ Biznesni tizimlashtirish;➖ Marketing va Sotuvni to'g'ri yo'lga qo'yish...
15/11/2021

🔹️ Biznes diagnostika xizmati nimalardan iborat:

➖ Biznesni tizimlashtirish;
➖ Marketing va Sotuvni to'g'ri yo'lga qo'yish.
➖ Xodimlarni boshqarish(management) va ularning KPI sistemasi;
➖ Moliyani to'g'ri boshqarish.
_________uz

Address

Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when bdm.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share