13/11/2023
Oʻzbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd. dollarga yetdi
2023-yil 1-iyul holatiga Oʻzbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd. dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi. Shundan davlat tashqi qarzi – 25,9 mlrd dollar, davlat ichki qarzi – 5,6 mlrd dollar.
taqqoslash uchun, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollar boʻlgan. Davlat qarzining YaIMga nisbati esa 36,4 foizni tashkil etgan. Mamlakatlar kesimida eng koʻp tashqi qarzimiz Xitoy (3,8 mlrd dollar), Yaponiya (2,1 mlrd dollar) va Janubiy Koreyadan (0,9 mlrd dollar) olingan.
xalqaro moliya tashkilotlari kesimida esa eng koʻp qarz Osiyo taraqqiyot banki (6,2 mlrd dollar), Jahon banki (5,6 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot bankidan (0,9 mlrd dollar) jalb qilingan.
“davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi koʻzda tutilgan.
dastlabki tahlillarga koʻra, oʻrta muddatda makroiqtisodiy hamda fiskal koʻrsatkichlarning barqarorligi taʼminlangan sharoitda, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2024-yilda 37 foizni, 2025-yilda 37,4 foizni, 2026-yilda 37,9 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
ulashing: