Press Olimjon

Press Olimjon Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Press Olimjon, Fire protection service, Tashkent.

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarodan 1 nafari topildiEslatib o‘tamiz, joriy yilning 2026-yil 2-sentyabr...
09/09/2026

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarodan 1 nafari topildi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2026-yil 2-sentyabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Burchmulla” MFY hududidagi “Chorvoq suv ombori” suv havzasida 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il) katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushib cho‘kib ketgan edi.

Xabar kelib tushgan zahoti FVV g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini boshlagan. Shuningdek, qidiruv ishlari ko‘lamining kengligi va suv omborining chuqurligini inobatga olib, hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri topshirig‘iga asosan shtab faoliyati tashkil etilib, qo‘shimcha ravishda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan qo‘shimcha kuchlar jalb etildi. Qidiruv ishlarida barcha zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun soat 13:02 da cho‘kib ketgan fuqarolardan birining jasadi topildi.

Qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Чорвоқ сув омборида чўкиб кетган 3 нафар фуқародан 1 нафари топилди

Эслатиб ўтамиз, жорий йилнинг 2026-йил 2-сентябрь куни Тошкент вилояти, Бўстонлиқ тумани, “Бурчмулла” МФЙ ҳудудидаги “Чорвоқ сув омбори” сув ҳавзасида 3 нафар фуқаро (ота ва 2 нафар ўғил) катерда сайрга чиққан ва сувга тушиш тақиқланган ҳудудга бориб ҳимоя нимчасиз сувга тушиб чўкиб кетган эди.

Хабар келиб тушган заҳоти ФВВ ғаввос-қутқарувчилари ҳодиса жойига етиб бориб, қидирув ишларини бошлаган. Шунингдек, қидирув ишлари кўламининг кенглиги ва сув омборининг чуқурлигини инобатга олиб, ҳодиса жойида Фавқулодда вазиятлар вазири топшириғига асосан штаб фаолияти ташкил этилиб, қўшимча равишда Жиззах ва Сирдарё вилоятлари Фавқулодда вазиятлар бошқармаларидан қўшимча кучлар жалб этилди. Қидирув ишларида барча зарур техника ва замонавий асбоб-ускуналардан фойдаланилмоқда.

Олиб борилган қидирув ишлари натижасида бугун соат 13:02 да чўкиб кетган фуқаролардан бирининг жасади топилди.

Қидирув ишлари давом эттирилмоқда.

Kuchli suv toshqini Nepaldagi ko‘plab uy va inshootlarni vayron qilgan bo‘lsa-da, mustahkam poydevor ustiga qurilgan ush...
06/09/2026

Kuchli suv toshqini Nepaldagi ko‘plab uy va inshootlarni vayron qilgan bo‘lsa-da, mustahkam poydevor ustiga qurilgan ushbu uy toshqinga bardosh berib, tik qolgan.
Bu manzara bizga hayotdagi muhim haqiqatni eslatadi: mustahkam poydevor har qanday sinovda insonni bardavom qiladi.
🏠 Hayotingizni sinovlarga bardosh bera oladigan mustahkam poydevor ustiga quring.

04/09/2026

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Press Olimjon posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share