Nires_uz

Nires_uz Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

18/11/2025

🇺🇿 Bizni osh emas, bayroq birlashtiradi!

Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.

Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin!

©️Kontent markazi (https://t.me/kontentmarkazi/8)

Bugun, 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Ene...
18/11/2025

Bugun, 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy
ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!

15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo ...
14/11/2025

15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. (https://president.uz/oz/lists/view/8656)

—————

15-16 ноября в городе Ташкенте под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева пройдет (https://president.uz/ru/lists/view/8656) седьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.

Institut xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildiKecha, Ene...
14/11/2025

Institut xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildi

Kecha, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusiga binoan hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda xodimlar sportning shaxmat, shashka, qisqa masofaga yugurish va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 Qadring baland boʻlsin ona tilim🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbe...
22/10/2025



Qadring baland boʻlsin ona tilim

🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida bayram tadbiri keng nishonlandi.

 CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazma...
10/10/2025



CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 9-11-oktyabr kunlari CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Unda xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning keng ko‘lamli texnologiyalari hamda innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.

Mazkur tadbirda Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham “yashil” energiya manbalari imkoniyatlarini aks ettiruvchi loyihalar bilan faol ishtirok etmoqda.

Xitoylik mutaxassislar tomonidan o‘quv-seminar mashg‘uloti olib borildi.Joriy yilning 18-avgust kuni Qayta tiklanuvchi e...
19/08/2025

Xitoylik mutaxassislar tomonidan o‘quv-seminar mashg‘uloti olib borildi.

Joriy yilning 18-avgust kuni Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida Xitoyning College of Smart Energy, Shanghai Jiao Tong University mutaxassislari tomonidan “O‘zbekistonda quyosh radiatsiyasi va fotoelektr tizimlar chiqish quvvatini monitoring qilish hamda qisqa muddatli prognozlash (nowcasting) uchun intellektual platformani yaratish va joriy etish” mavzusida seminar mashg‘uloti olib borildi.

Unda institut, Fizika-texnika instituti va Yashil energiya MCHJ xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur seminarda, zamonaviy bashoratlash usullari hamda ulardan olingan natijalar yuzasidan taqdimotlar namoyish qilindi. Kelgusida ushbu metodlar yordamida o'zaro hamkorlik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish kelishib olindi.

Seminar davomida ishtirokchilarni mavjud muammolari va ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Diqqat, tanlov!Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyi...
11/06/2025

Diqqat, tanlov!

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi mavjud vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

➖ (https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Energetika-vazirligi-huzuridagi-Qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalari-milliy-ilmiy-tadqiqot-instituti-yan-05-07) Laboratoriya mudiri (https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Energetika-vazirligi-huzuridagi-Qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalari-milliy-ilmiy-tadqiqot-instituti-mav-06-11)
➖ Katta ilmiy xodim (https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Energetika-vazirligi-huzuridagi-Qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalari-milliy-ilmiy-tadqiqot-instituti-mav-06-11-2)
➖ Kichik ilmiy xodim (https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Energetika-vazirligi-huzuridagi-Qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalari-milliy-ilmiy-tadqiqot-instituti-mav-06-11-3)

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar, lavozimga so‘ralgan hujjatlarni institutning elektron pochtasiga ([email protected]) taqdim etishlari lozim.

❗️Arizalar 2025-yil 16-iyun kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

  Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo ko‘rgazma markazi (CAEx)da “O‘zbekiston energetika haftaligi” bo’lib o’tmoqdaJoriy ...
15/05/2025




Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo ko‘rgazma markazi (CAEx)da “O‘zbekiston energetika haftaligi” bo’lib o’tmoqda

Joriy yilning 13-15-may kunlari Markaziy Osiyo ko‘rgazma markazi (CAEx)da “O‘zbekiston energetika haftaligi” bo’lib o’tmoqda

An’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan mazkur haftalik doirasida xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning keng ko‘lamli texnologiyalari hamda innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.

Mazkur haftalikda Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham ushbu tadbirda ishtirok etmoqdalar.

Address

Toshkent Shahri, Chingiz Aytmatov Ko‘chasi, 2B-uy, 2-bino

100084

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712311000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Nires_uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Nires_uz:

  • Want your business to be the top-listed Business?

Share