Reasearcher.isft

Reasearcher.isft Research Center for Business and Management
Studies
Leading the way in business management consulting.

We deliver tailored strategies and actionable insights to elevate your business

Paper Sprint Day II – Amaliy ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yo‘lida2026-yil 10-yanvar kuni ISFT instituti huzurida...
13/01/2026

Paper Sprint Day II – Amaliy ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yo‘lida

2026-yil 10-yanvar kuni ISFT instituti huzuridagi Biznes va menejment tadqiqot markazi tomonidan Paper Sprint Day II tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Paper Sprint Day I doirasida boshlangan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Trening davomida amaliy STATA ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda amaldagi tadqiqot mavzulari doirasida empirik tahlilni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Trening PhD Ahliddin Malikov tomonidan olib borildi va quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
• STATA muhitida ma’lumotlar bilan ishlash
• Regressiya modellarini tuzish va baholash
• Empirik natijalarni to‘g‘ri talqin qilish

Paper Sprint Day II tadbiri dalillarga asoslangan, nashrga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga hamda tadqiqot markazi doirasida amaliy miqdoriy tadqiqot salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Tadbirni samarali tashkil etishda ko‘rsatgan texnik yordami uchun AI Station jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Paper Sprint Day II – На пути к углублению прикладных научных исследований

10 января 2026 года Исследовательский центр по вопросам бизнеса и менеджмента при институте ISFT провёл мероприятие Paper Sprint Day II, ставшее логическим продолжением работы, начатой в рамках Paper Sprint Day I.
В ходе тренинга особое внимание было уделено укреплению прикладных навыков работы в STATA, а также углублению эмпирического анализа в рамках текущих исследовательских тем. Тренинг был проведён PhD Ахлиддином Маликовым и охватывал следующие направления:
• Работа с данными в среде STATA
• Построение и оценка регрессионных моделей
• Корректная интерпретация эмпирических результатов

Мероприятие Paper Sprint Day II способствовало развитию доказательных, ориентированных на публикацию научных исследований, а также укреплению потенциала прикладных количественных исследований в рамках Исследовательского центра.

Выражаем благодарность команде AI Station за оказанную техническую поддержку и вклад в эффективную организацию мероприятия.

Yangi tadqiqotlar, innovatsiya va hamkorlikka boy Yangi yil sari Yangi yil munosabati bilan Biznes va menejment tadqiqot...
31/12/2025

Yangi tadqiqotlar, innovatsiya va hamkorlikka boy Yangi yil sari

Yangi yil munosabati bilan Biznes va menejment tadqiqot markazi hamkasblarimiz, hamkorlarimiz hamda keng akademik va professional jamoatchilikni samimiy tabriklaydi va eng ezgu tilaklarini bildiradi.

Kelgusi yil mazmunli ilmiy tadqiqotlar, samarali hamkorlik, innovatsiya hamda inklyuziv rivojlanish yo‘lidagi umumiy yutuqlar uchun yangi imkoniyatlar olib kelsin.

Yangi yilda hamkorligimiz yanada mustahkamlanib, birgalikdagi ishlarimiz davomli bo‘lsin. Barchangizga yangi yilda yangi muvaffaqiyatlar, samarali faoliyat va yuksak natijalar tilab qolamiz!

🎗O‘zbekiston Ish Beruvchilar Konfederatsiyasining OIV bilan yashovchi shaxslarni ishga qabul qilishda bag’rikenglikni ku...
11/12/2025

🎗O‘zbekiston Ish Beruvchilar Konfederatsiyasining OIV bilan yashovchi shaxslarni ishga qabul qilishda bag’rikenglikni kuchaytirish bo‘yicha murojaati

10-dekabr kuni O‘zbekiston Ish Beruvchilar Konfederatsiyasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti hamda BMTning OIV/OITS bo‘yicha Qo‘shma Dasturi (ЮНЭЙДС) hamkorligida OIV bilan yashovchi shaxslarning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida ish beruvchilarning mazkur toifadagi xodimlarga nisbatan xolis va hurmatli munosabatni shakllantirish, ular uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda diskriminatsiyaning oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Mehnat va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan bir qatorda ISFT Instituti ham ishtirok etdi. Institut mas’uliyatli ish beruvchi sifatida inson huquqlarini hurmat qilish, inklyuziv mehnat muhitini yaratish va teng imkoniyatlar tamoyillariga sodiqligini bildirdi.

🎓 ISFT Instituti OIV bilan yashovchi shaxslarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, diskriminatsiyasiz va xavfsiz ish muhitini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb biladi.

📍ISFT Research Center strategik yo‘nalishlariIlmiy tadqiqot klasteri faoliyati uch yo‘nalishda shakllangan:- Yashil va s...
09/12/2025

📍ISFT Research Center strategik yo‘nalishlari

Ilmiy tadqiqot klasteri faoliyati uch yo‘nalishda shakllangan:

- Yashil va sirkulyar iqtisodiyot
- Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
- Inklyuziv inson kapitali

Klaster yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot yuqoridagi karuselda.

⁉️Biznes va menejment tadqiqot markazi nima?Markazning maqsad va missiyalari nimadan iborat? Batafsil ma’lumot yuqoridag...
01/12/2025

⁉️Biznes va menejment tadqiqot markazi nima?

Markazning maqsad va missiyalari nimadan iborat?

Batafsil ma’lumot yuqoridagi karuselda

    🚀  Ta’limda raqamli burilish: eksklyuziv trening!Bugun ISFT instituti huzuridagi Biznes va menejment tadqiqot markaz...
15/11/2025



🚀 Ta’limda raqamli burilish: eksklyuziv trening!

Bugun ISFT instituti huzuridagi Biznes va menejment tadqiqot markazi hamda Kompyuter injiniring kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy trening — raqamli ta’limga oid xalqaro tajriba va innovatsiyalarni bir joyga jamladi.

Treningni Michigan State University (AQSh) professori, raqamli savodxonlik va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Duglas K. Hartman olib bordi.
Institut o‘qituvchilari uchun bu nafaqat bilim almashish, balki global ta’lim yondashuvlarini bevosita mutaxassisdan o‘rganish imkoniyati bo‘ldi. E-learning, raqamli metodikalar, zamonaviy o‘quv muhitini yaratish kabi mavzular muhokama markazida bo‘ldi.

Biznes va menejment tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tashabbus ISFTda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

15/11/2025
13/11/2025

UNESCO 43-Bosh konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markaz” taqdimotida ISFT delegatsiyasi ishtirok etdi

Samarkand shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri E’zozxon Karimova boshchiligida, UNESCO Ta’lim bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari Stefania Giannini, O‘zbekistondagi UNESCO vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, shuningdek UNICEF, APCEIU, INRULED, RCQE, RCEP, KOICA, Jahon banki vakillari va Birlashgan Arab Amirliklari, Singapu, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning ta’lim vazirlari ishtirok etdilar.

Dastur doirasida O‘zbekiston va xalqaro hamkorlarning erta ta’limni rivojlantirishdagi tajribasi, Toshkent deklaratsiyasining amalga oshirilishi hamda mintaqaviy markazlarning xalqaro hamkorlikdagi roli muhokama qilindi.

Mazkur jarayonda ISFT instituti vakillari mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, raqamli va inklyuziv ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni ilgari surish masalalarida fikr almashdilar.

Tadbir O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi islohotlari va UNESCO bilan hamkorlikdagi yangi bosqichni namoyon etdi.

08/11/2025

Kelajak tadqiqotlari shu yerdan boshlanadi

4-noyabr kuni ISFT institutida Biznes va menejment tadqiqot markazi huzuridagi strategik klasterlar rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi:

Strategik klasterlar:
🔹Raqamli texnologiyalar va AI
🔹Yashil va sirkulyar iqtisodiyot
🔹Inklyuziv inson kapitali

Bu klasterlar — ilm-fanni amaliyot bilan bog‘laydigan, xalqaro hamkorlik va innovatsion yechimlarga yo‘l ochadigan yangi bosqich.

Ochilish marosimi tafsilotlarini ushbu video orqali tomosha qilishingiz mumkin

⚡️ 2025-yil oktyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ilk bor Parijdan tashqarida, aynan O‘zbekistonda ...
05/11/2025

⚡️ 2025-yil oktyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ilk bor Parijdan tashqarida, aynan O‘zbekistonda – madaniyat va tarix uyg‘unlashgan Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi.

Ushbu sessiyaning ochilish marosimida ISFT rektori Ibrohim Gulyamov va ISFT Research Center direktori Gavhar Isamutdinova boshchiligida universitet rahbar xodimlari ham ishtirok etdi.

05/11/2025



🚨 CEU (O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi) va ISFT universiteti hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro Top Menejerlar Markazining ochilish marosimidan eksklyuziv reportaj.

Bu markaz — kelajak menejerlari uchun start nuqtasi. Endi xalqaro darajadagi yangi avlod menejerlari aynan shu yerda shakllanadi.

📊 Kelajak iqtisodiyoti bu yerda boshlanadi4-noyabr kuni ISFT institutida Biznes va menejment tadqiqot markazi (Research ...
05/11/2025

📊 Kelajak iqtisodiyoti bu yerda boshlanadi

4-noyabr kuni ISFT institutida Biznes va menejment tadqiqot markazi (Research Center for Business and Management Studies) qoshida tashkil etilgan strategik klasterlarning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Strategik klasterlar quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
— Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt;
— Yashil va sirkulyar iqtisodiyot;
— Inklyuziv inson kapitali.
Ushbu klasterlar markazning innovatsion rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish, iqtisodiy muammolarga yechim topish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirda davlat tashkilotlari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi, Startup Garage, IT Park kabi nufuzli xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🌎 Biznes va menejment tadqiqot markazi — O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xalqaro miqyosda raqobatbardosh yechimlar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi platforma.

Address

Кибрайская, 7 А
Tashkent

Telephone

+998994898008

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Reasearcher.isft posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Reasearcher.isft:

Share