Airitom Matbuot Xizmati

Website

Airitom Matbuot Xizmati Rasmiy Airitom Matbuot Xizmati

Airitom Free Zonada yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha profilaktika tadbiri o’tkazildi!Airitom Free Zone hududida Airito...
09/09/2026

Airitom Free Zonada yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha profilaktika tadbiri o’tkazildi!

Airitom Free Zone hududida Airitom xalqaro savdo markazi mamuriyati vakillari, Yo’l Patrul Xizmati (YPX) va bojxona masullari ishtirokida haydovchilar xavfsizligi hamda bozor hududida harakatlanish qoidalariga rioya etish yuzasidan keng qamrovli profilaktika ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida zona hududiga kirib-chiquvchi yuk va yengil avtotransport haydovchilariga quyidagi masalalar bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi:
- Bozor hududidagi belgilangan tezlik chegaralari va harakatlanish yo’nalishlariga qat’iy amal qilish;
- Yuklash-tushirish maydonchalarida transport vositalarini to’g’ri joylashtirish tartibi;
- Piyodalar oqimi yuqori bo’lgan hududlarda ehtiyotkorlik choralari;
- Bojxona nazorati postlari oldida navbat va harakatlanish intizomiga rioya qilish;
- Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish va signalizatsiya qoidalari.

Ushbu tadbir Airitom Free Zone hududida transport-yo’l madaniyatini yuksaltirish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va zona faoliyatining barqaror hamda xavfsiz kechishini ta’minlashga qaratilgan doimiy chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda.

📢 ⚡️Diqqat E’lon: “Airitom Free Zone” hududiga yengil avtomobillarda tashrif buyuruvchi haydovchilar diqqatiga ! ✨⛔ Endi...
06/08/2026

📢 ⚡️Diqqat E’lon: “Airitom Free Zone” hududiga yengil avtomobillarda tashrif buyuruvchi haydovchilar diqqatiga ! ✨

⛔ Endilikda Airitom Free Zone hududiga Soat 09:00 dan 17:00 ga qadar yengil avtomobillarning 2-nazorat o‘tkazish punkti (KPP) orqali hududga kirishi yuqoridagi vaqtlar oraliqlarida cheklanadi.

✅ Ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida (09:00 -17:00): Yengil avtomobillar FAQATGINA 1-nazorat o‘tkazish punkti (KPP) orqali harakatlanishlari mumkin bo’ladi.

Belgilangan tartibga rioya qilishingizni so‘raymiz! Hurmat bilan, Airitom Free Zone ma’muriyati! E’tiboringiz uchun rahmat!

Termiz Xalqaro Savdo Markazida O‘zbekiston orqali Afg‘oniston tovarlarining import va eksport jarayonlari siklini rivojl...
06/07/2026

Termiz Xalqaro Savdo Markazida O‘zbekiston orqali Afg‘oniston tovarlarining import va eksport jarayonlari siklini rivojlantirish, savdo-logistika tizimini takomillashtirish hamda temir yo‘l sohasida mavjud muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada soddalashtirish, chegara bojxona postlarida xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar hamda xavflarni boshqarish tizimlarini keng joriy etish, transport-logistika infratuzilmasining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuksaltirish, tadbirkorlar murojaatlarini tezkor hal etish orqali qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi, bojxona boshqarmasi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari ishtirok etib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda savdo va logistika sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Афғонистон бозорига чиқиш имкониятлари муҳокама қилинди Жорий йилнинг 19 июнь куни Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси бино...
20/06/2026

Афғонистон бозорига чиқиш имкониятлари муҳокама қилинди

Жорий йилнинг 19 июнь куни Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси биносида тармоқ уюшмалари раҳбарлари, тадбиркорлар ҳамда "Термиз халқаро савдо маркази" МЧЖ (Airitom Free Zone) вакиллари иштирокида давра суҳбати бўлиб ўтди.

Тадбирда Афғонистон йўналишида экспорт фаолиятини кенгайтириш, маҳаллий маҳсулотларни ушбу бозорга етказиб бериш ҳажмини ошириш ҳамда тадбиркорлар учун янги савдо имкониятларини яратиш масалалари муҳокама қилинди.

✔️ "Термиз халқаро савдо маркази" (Airitom Free Zone) ҳудудида ташкил этилаётган кўргазма ва савдо тадбирлари ўзбек тадбиркорларининг ташқи бозорларга чиқишига, ишбилармонлик алоқаларини мустаҳкамлашга ва икки мамлакат ўртасидаги савдо муносабатларини янада фаоллаштиришга хизмат қилмоқда.

Учрашув давомида Марказ фаолияти, хусусан экспорт ҳажмини ошириш, хорижий харидорлар учун қулай шарт-шароитлар яратиш, инвестициявий жозибадорликни кучайтириш ва ташқи савдо инфратузилмасини ривожлантириш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берилди.

Шунингдек, тадбиркорларга Марказ ҳудудида доимий шоурумлар ташкил этиш, маҳсулотларини намойиш қилиш ҳамда Афғонистон бозорида ўз иштирокини кенгайтириш бўйича ҳамкорлик таклифлари илгари сурилди.

AIRITOM Free Zone hududida Xitoy va Afg‘oniston tadbirkor kompaniyalari hamkorligida Afg'onistondan Oltin qazib olish va...
05/06/2026

AIRITOM Free Zone hududida Xitoy va Afg‘oniston tadbirkor kompaniyalari hamkorligida Afg'onistondan Oltin qazib olish va O'zbekiston hududida qayta ishlab eksport uchun qayta tayyorlash buyicha kelishuvlar imzolandi!

Kelishuvlarga ko‘ra, Afg‘oniston hududidagi oltin konlaridan qazib olinadigan xomashyoni zamonaviy texnologiyalar asosida qazib olish va uni O'zbekiston hududida eksport talablariga mos tayyor mahsulot holatiga keltirish loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida qazib olingan oltin tarkibli xomashyo Airitom Free Zone logistika infratuzilmalaridan foydalangan holda O‘zbekiston hududiga olib kelinib qayta ishlanadi. Yakuniy mahsulot xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlanib, xorijiy bozorlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyiha AIRITOM Free Zone’ning xalqaro savdo va sanoat markazi sifatidagi ahamiyatini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

🔍 Bizni kuzatishda davom eting!

✅ Telegramga o'tish 
🌐 Instagramga o'tish 
✅ Facebookga o'tish

Марказий ва Жанубий Осиё ўртасидаги алоқа бўйича Иккинчи сессия учрашуви:“Тинчлик, алоқадорлик ва мустаҳкамлик: умумий ф...
05/06/2026

Марказий ва Жанубий Осиё ўртасидаги алоқа бўйича Иккинчи сессия учрашуви:

“Тинчлик, алоқадорлик ва мустаҳкамлик: умумий фаровонлик пойдеворини қуриш” доирасида махсус делегация вакиллари "Airitom Free Zone"да.

5-июнь ушбу тадбир доирасида махсус халқаро делегация вакиллари Airitom Free Zone га амалий ташриф буюришди.

Ушбу форумда Марказий ва Жанубий Осиё, Европа, МДҲ, Жанубий Кавказ, Осиё-Тинч океани минтақаси, Яқин Шарқ ва Америка мамлакатларидан 150 дан ортиқ сиёсий, ишбилармон ва эксперт доиралари вакиллари, халқаро ҳамда минтақавий ташкилотлар қатнашмоқда.

Эслатиб ўтамиз, ушбу форум СМТИ ва Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги томонидан ОҲИЧК билан ҳамкорликда ташкил этилмоқда.

🔍 Bizni kuzatishda davom eting!

✅ Telegramga o'tish 
🌐 Instagramga o'tish 
✅ Facebookga o'tish

🇲🇳🇺🇿 Airitom Free Zone vakillari va Mo‘g‘uliston Respublikasining O‘zbekistondagi elchilari va delegatsiyasi o‘rtasida i...
05/06/2026

🇲🇳🇺🇿 Airitom Free Zone vakillari va Mo‘g‘uliston Respublikasining O‘zbekistondagi elchilari va delegatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Airitom Free Zonasi xalqaro logistika va savdo markazi sifatidagi strategik ahamiyati, Airitom Free Zone tomonidan yaratilgan qulay biznes muhiti, aholini sog’lolashtirish uchun yaratilgan Akfa Medline klinikasi, bojxona va logistika infratuzilmasi, shuningdek, xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Airitom Free Zonega Niderlandiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. 🇳🇱Tashrif doirasida erkin iqtisodiy zonada amalga oshiri...
13/05/2026

Airitom Free Zonega Niderlandiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. 🇳🇱

Tashrif doirasida erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish quvvatlari hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifda quyidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar:

Niko Sxermers — Niderlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
Sergey Solodovnik — siyosiy masalalar bo‘yicha bosh maslahatchi.
Darin Amanjan — matbuot va protokol bo‘yicha maslahatchi.

Tashrif davomida delegatsiyaga hududdagi investitsion imkoniyatlar, logistika infratuzilmasi hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Delegatsiya vakillari afg‘on gilamlari va milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishib, ularning sifati va eksport imkoniyatlarini yuqori baholadilar.

Airitom erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida hududda faoliyat yuritay...
22/04/2026

Airitom erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda takliflari tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda, jumladan hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo...
05/11/2025

Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda, jumladan hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida 2 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish, 425 ming nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash hamda eksport hajmini 320 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘nalishida ham izchil ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisida ta’kidlanganidek, korrupsiyaning oldini olish — davlat boshqaruvida ochiqlikni, samaradorlikni hamda jamoatchilik ishonchi va iqtisodiy rivojlanishni mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi.

Tashrif davomida Airitom Free Zone Xalqaro Erkin Iqtisodiy zonasi bilan yaqindan tanishib, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o‘rinlari tashkil etilish, import va eksport bilan bog‘liq loyihalar ko‘zdan kechirildi.

#

Address

Сурхандарья
Termiz
190100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Airitom Matbuot Xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share