Nires_uz

Nires_uz Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot inst...
22/07/2026

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida "O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi" ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur laboratoriya "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida energetika sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari Umid Maxmudovich Mamadaminov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Mo‘g‘uliston Avtonom Rayoni Partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Shi Guanghui, hamda ikki davlatning oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida qo‘shma laboratoriyaning ramziy ochilish marosimi o‘tkazilib, ilmiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Qo‘shma laboratoriya doirasida quyosh, shamol va vodorod energetikasi hamda energiya saqlash texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion ishlanmalarni yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ilg‘or energetika texnologiyalarini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda joriy etish bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi.

Address

Toshkent Shahri, Chingiz Aytmatov Ko‘chasi, 2B-uy, 2-bino

100084

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712311000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Nires_uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Nires_uz:

Shortcuts

  • Want your business to be the top-listed Business?

Share