Samarqand Savdo-sanoat palatasi

Samarqand Savdo-sanoat palatasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Samarqand Savdo-sanoat palatasi, Business service, A. Navoiy 58, Samarkand.

Жорий йилнинг 30-октябрь  Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси ва унинг ҳудудий бўлинмалари иштирокида Адлия ва...
30/10/2024

Жорий йилнинг 30-октябрь Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси ва унинг ҳудудий бўлинмалари иштирокида Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк маркази томонидан ZOOM платформаси орқали "Саноат намуналарини халқаро рўйхатдан ўтказиш тўғрисидаги Гаага битими" доирасида семинар-тренинг бўлиб ўтди.
Тадбирдан кўзланган асосий мақсад — тадбиркорларнинг инновацион фаоллигини ошириш, янги турдаги маҳсулотлар ва инновацион технологиялар яратишнинг «ғоядан якуний истеъмолчигача» бўлган комплекс тизимини таъминлаш орқали инновацияларга бўлган талабни рағбатлантиришдан иборат.
Тадбирда Савдо-саноат палатаси Самарқанд вилоят худудий бошқармаси биносидан 10 дан ортиқ, масофадан туриб 40 дан ортиқ тадбиркор иштирок этди.

Ҳурматли  тадбиркорлар!Жорий йилнинг 4-8 ноябрь кунлари Литва саноатчилар Конфедерацияси бошчилигидаги ишбилармон доира ...
25/10/2024

Ҳурматли тадбиркорлар!

Жорий йилнинг 4-8 ноябрь кунлари Литва саноатчилар Конфедерацияси бошчилигидаги ишбилармон доира вакилларидан иборат делегациянинг Ўзбекистон Республикасига ташрифини ташкил этиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Ташриф давомида 6 ноябрь куни "International Hotel Tashkent" меҳмонхонасида Ўзбекистон-Литва бизнес-форуми ва В2В учрашувлар бўлиб ўтиши режалаштирилган. Унда транспорт-логистика, озиқ-овқат, қишлоқ хўжалиги, энергетика, автомобилсозлик, кимёсаноати соҳаларида фаолият юритувчи корхоналар вакиллари иштироки кутилмоқда.

Тадбир санаси: 6 ноябрь
Тадбир вақти: 14:00 (регистрация 13:00да бошланади)

Тадбир жойи: "International Hotel Tashkent"

Қўшимча маълумот учун;
Савдо-саноат палатаси Самарқанд вилоят ҳудудий бошқармаси вакили Ф.Рахманов 97 923 35 38

Тадбиркорлар диққатига!Вилоят ҳокимлиги, Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси вилоят бошқармаси мутасадди ташкилотлар билан ...
25/10/2024

Тадбиркорлар диққатига!

Вилоят ҳокимлиги, Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси вилоят бошқармаси мутасадди ташкилотлар билан биргаликда тадбиркорларнинг "Электр энергияси, газ, сув таъминоти ва улар билан ҳисоб-китобларда учрайдиган камчиликлар, муаммолар муҳокамаси"га бағишланган учрашув ўтказади.

Сана: 25 октябрь, жума куни.
Вақт: 16:00
Жой: Савдо-саноат палатаси вилоят бошқармаси биноси. (https://maps.app.goo.gl/3FL276HiRcC8cmBn9)

Тадбиркорлар ва уларнинг аутсорсинг корхоналари ўз муаммо ва таклифлари билан иштирок этишлари сўралади!

Samarqandda zargarlik mahsulotlarini eksport qilish masalalari bo‘yicha muammolar o'rganildi!2024-yil 24-oktabr kuni Sam...
24/10/2024

Samarqandda zargarlik mahsulotlarini eksport qilish masalalari bo‘yicha muammolar o'rganildi!

2024-yil 24-oktabr kuni Samarqand shahar Ibn Sino ko‘chasida joylashgan "SADIYA" zargarlik savdo markazida Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining Tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i F.Raxmonov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq zargarlar ishtirok etdi.

Uchrashuv "2024-2027-yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"ning 15.1-bandida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda zargarlik mahsulotlarini eksport qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar hamda ushbu sohani rivojlantirishga oid takliflar muhokama qilindi.

Ҳурматли тадбиркорлар!Имкониятдан фойдаланинг!Вилоят ҳокимлиги, Ўзбекистон Республикаси Савдо – саноат палатаси вилоят б...
24/10/2024

Ҳурматли тадбиркорлар!

Имкониятдан фойдаланинг!

Вилоят ҳокимлиги, Ўзбекистон Республикаси Савдо – саноат палатаси вилоят бошқармаси мутасадди ташкилотлар билан биргаликда Тадбиркорларининг “Электр энергияси, газ, сув таъминоти ва уларнинг таъминотчилари билан ҳисоб-китобларда бўладиган камчиликлар, муаммолар муҳокамаси” га бағишланган учрашув 25 октябрь (жума) куни соат 16.00 да Савдо-саноат палатаси вилоят бошқармаси биносида бўлиб ўтади.
Тадбиркорлар, уларга хизмат қилувчи аутсорсинг корхоналари муаммолар ва таклифлар билан иштирок этишлари сўралади.

Bugun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati bosh boshqarmasiga Xitoy Xalq Respublikasi Syuchjou shahridan...
22/10/2024

Bugun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati bosh boshqarmasiga Xitoy Xalq Respublikasi Syuchjou shahridan bir guruh nufuzli xitoylik ishbilarmonlar tashrif buyurishdi.

Mazkur uchrashuvda O‘z SSP Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i D.Musinov, Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Ishtixon tuman hokimi F.Ruziyev va Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari E.Rajabovlar Samarqand viloyati va Syuchjou shahri o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, savdo va sanoat sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar almashilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomon birgalikda yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va mintaqaviy iqtisodiyotni yanada yuksaltirish masalalarida hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida o‘zaro bitim imzolashdi.

Ushbu kelishuvlar kelajakda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 22-oktabr kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi "Ayollar va yoshlar tadbirkorli...
22/10/2024

Joriy yilning 22-oktabr kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi "Ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish" bo'limi tomonidan "Saylov va Yoshlar" dasturi doirasida palata tizimidagi xodimlar hamda tuman hududiy rahbarlari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida, joriy yilning 27-oktabrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida bo'lib o'tadigan jarayonlar va ovoz berish tartibi haqida tizimdagi yoshlar, tuman rahbarlari va mutaxassislariga ba'tafsil maʼlumotlar berildi. Davra suhbati ishtirokchilari saylov davomida o'zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ҳурматли тадбиркорлар!“Expo connect” ташкилотининг 2024-йил 30-сентябр кунидаги хатига мувофиқ, 2025 -йилнинг 19-21-февр...
22/10/2024

Ҳурматли тадбиркорлар!

“Expo connect” ташкилотининг 2024-йил 30-сентябр кунидаги хатига мувофиқ, 2025 -йилнинг 19-21-феврал кунлари Италия Республикасининг Милан шаҳрида “My planet & Garden-International Green Expo” кўргазмаси бўлиб ўтиши режалаштирилган.
Тадбир Италиядаги боғдорчилик, ландшафт дизайн соҳаларида энг муҳим халқаро кўргазма хисобланади.
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, мазкур тадбирда иштирок этиш истагини билдирган корхоналар Савдо-саноат палатаси Самарқанд вилоят ҳудудий бошқармаси вакили Ф.Рахманов телефон рақами 97 923 35 38 ёки телеграм https://t.me/FaridunXamrokulovich орқали мурожаат қилишингиз мумкин.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi IV Hududlararo forumSamarqand shahridagi “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasida O‘...
22/10/2024

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi IV Hududlararo forum

Samarqand shahridagi “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi IV Hududlararo forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Tadbir davomida turli sohalarda qo‘shma loyihalar va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. Forum doirasida davlatlar rahbarlari, tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Hurmatli vatandoshlar!Sizlarni bugungi muhim sana – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan samim...
21/10/2024

Hurmatli vatandoshlar!

Sizlarni bugungi muhim sana – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

1989-yil 21-oktabr kuni qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun – xalqimiz uchun ulkan tarixiy hodisa bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz va o‘zligimizni yuksak e’tirof etishning yorqin namunasi bo‘ldi. O‘zbek tili, bugungi k***a, nafaqat mamlakatimizning davlat tili sifatida, balki xalqimizning ma’naviy boyligi, tafakkuri, ilm-fani va madaniyatining ajralmas qismi sifatida yanada ravnaq topmoqda.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand hududiy bosh boshqarmasi hodimlari tomonidan ushbu kunga bag’ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘z ona tilimizga hurmat va muhabbat bilan yondashish – bu millatimizning madaniyati va merosini asrab-avaylash, uni kelajak avlodlarga yetkazishdek mas’uliyatli vazifani ado etishdir.

Yana bir bor barchangizni ushbu ulug‘ kun bilan tabriklaymiz.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand hududiy bosh boshqarmasi.

🏢2024-yilning 9 oyi davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan tuman va shaharlar:  🔹Samarqand sh...
21/10/2024

🏢2024-yilning 9 oyi davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan tuman va shaharlar:

🔹Samarqand shahri – 221,0 mln. AQSh dollari.

🔹Samarqand tumani – 79,9 mln. AQSh dollari.

🔹Jomboy tumani – 64,4 mln. AQSh dollari.

🔹Kattaqo‘rg‘on shahri – 47,3 mln. AQSh dollari.

🔹Urgut tumani – 37,3 mln. AQSh dollari.

🔹Oqdaryo tumani – 17,7 mln. AQSh dollari.

🔹Tоyloq tumani – 13,3 mln. AQSh dollari.

🔹Ishtixon tuman – 11,8 mln. AQSh dollari.

🔹Pastdarg‘om tumani – 9,7 mln. AQSh dollari.

🔹Narpay tumani – 8,8 mln. AQSh dollari.

🖼 Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladiRaqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonav...
21/10/2024

🖼 Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

Yarmarkada tashkil etiladigan yo‘nalishlar:
➖qishloq xo‘jaligi;
➖meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
➖kimyo sanoati;
➖charm-poyabzal va to‘qimachilik;
➖qurilish materiallari;
➖oziq-ovqat sanoati.

🟠 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

Address

A. Navoiy 58
Samarkand
141100

Telephone

+998782101101

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand Savdo-sanoat palatasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share