B-advice.uz

B-advice.uz Tadbirkorlik faoliyatingiz uchun ko‘mak berishga mo‘ljallangan yangi “Biznesga maslahat” portali

 Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini bilasizmi?Litsenziya nomi: Tibbiy faoliyat uchun litsenziyaLitsenziyani olis...
06/09/2023



Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini bilasizmi?

Litsenziya nomi: Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziyani olish tartibi (umumiy yoki tezlashtirilgan tartib), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida.

Arizani tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining
5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

umumiy tartibda — 20 kun.

tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.

Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

Litsenziyani olish uchun talabgordan “Litsenziya” AT (license.gov.uz) shaxsiy kabinetiga kirgan holda ariza rasmiylashtirish talab etiladi.

Mazkur tartib bilan batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona” nizom orqali tanishishingiz mumkin.

  Litsenziyani toʻxtatib turish va bekor qilish tartibini bilasizmi?Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish:🔹 lit...
26/05/2023



Litsenziyani toʻxtatib turish va bekor qilish tartibini bilasizmi?

Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish:

🔹 litsenziyalovchi organ tomonidan 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda;

🔹 sud tomonidan 10 ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga amalga oshirilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladigan holatlar:

litsenziya talablari va shartlari buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chiqargan qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.

Batafsil ma'lumot uchun!!! 📌
(https://b-advice.uz/blog/120)

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

 ?Yuklaringizni havo transporti orqali tashish tartibini bilasizmi?✅ Yuklar yuk tashish shartnomasi asosida tashiladi. B...
23/05/2023

?

Yuklaringizni havo transporti orqali tashish tartibini bilasizmi?

✅ Yuklar yuk tashish shartnomasi asosida tashiladi. Bunda:

🔹Tashish sigʻimini band qilib qoʻyish.
🔹Yukni tashishga qabul qilish. Tirik jonivorlar, xavfli ashyolar, kuzatib borilmaydigan bagaj, qimmatbaho va nozik, tez buziluvchan, nam, diplomatik yuklar, sanʼat asarlari va muzey eksponatlari, vazni ogʻir va katta hajmli yuklar tashishga cheklangan miqdorda qabul qilinadi.
🔹Yukning vaznini tekshirish. Yukning vazni tashishga qabul qilinayotgan vaqtda uning texnik pasporti boʻyicha ham aniqlanishi mumkin.
🔹Yuklarni qabul qilish va joylashtirish. Tashqi oʻramasi IKAOning talabiga (IKAO, Doc 9284/AN 905), yuk tashish qoidalari, tashuvchining talablariga javob bermaydigan yuklar qabul qilinmaydi.
🔹Yuk qiymati. Yukning eʼlon qilingan qiymati uning haqiqiy qiymatidan yuqori boʻlmasligi kerak.

Batafsil ma'lumot uchun!!! 📌
(https://b-advice.uz/blog/302)

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

 ?❓Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligidan xabardormisiz?✅ Yuridik shaxslar (shu juml...
22/05/2023

?

❓Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligidan xabardormisiz?

✅ Yuridik shaxslar (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari), yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish huquqidan muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash haqida murojaat qilib, foydalanishi mumkin.

✅ Soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati soliq to‘lovchiga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda to‘lash imkonini bermasa, biroq soliq to‘lovchida bunday soliqni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan muddat mobaynida to‘lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun!!! 📌
(https://b-advice.uz/blog/215)

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

     🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz...
19/05/2023



🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

❓Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

📌Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

📎Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

❗️Xodimlaringizni ishga qabul qilayotganda qanday hujjatlar soʻrashni bilmayapsizmi?✅ Qonunchilikka koʻra, ishga qabul q...
18/05/2023

❗️Xodimlaringizni ishga qabul qilayotganda qanday hujjatlar soʻrashni bilmayapsizmi?

✅ Qonunchilikka koʻra, ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

(https://lex.uz/docs/6257288 #6260568)🔹pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat yoxud identifikatsiyalovchi ID karta (16 yoshgacha boʻlgan shaxslar esa tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki identifikatsiyalovchi ID karta);

🔹oxirgi ish joyi boʻyicha tasdiqlangan qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).

❕ Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan maʼlumotnoma;

🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

🔹oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom;

❕qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlsa, oʻsha ishga kirish chogʻida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;

🔹soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

🔹jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

17/05/2023

?

❓Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida bilasizmi?

✅ Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turlari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilanadi.

‼️ Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turlari bilan xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi.

✅ Ma'lum bir faoliyatni boshlash uchun “Litsenziya” axborot tizimi orqali ariza rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun!!! 📌
https://b-advice.uz/blog/215

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

B-Advice.uz | Telegram | Facebook | Youtube

  Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan...
17/05/2023



Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/);
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
—Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori: 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

 Global turizm to'liq tiklanish yo'lida-BMT✅ BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro t...
17/05/2023



Global turizm to'liq tiklanish yo'lida-BMT

✅ BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro turizm pandemiyadan oldingi darajaga qaytish yo'lida, 2023 yilning birinchi choragida o'tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko'p odam sayohat qilmoqda.

🔹 Uning so'nggi ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, joriy yilning dastlabki uch oyida taxminan 235 million sayyoh xalqaro miqyosda sayohat qilgan, bu raqamlar pandemiyadan oldingi darajalarning 80 foiziga etgan.

✅ Turizm sohasi o'zining barqarorligini namoyish etdi, dedi YUNVTO va o'tgan yili 960 million odam chet elga sayohat qilganini ta'kidlab, bu pandemiyadan oldingi ko'rsatkichlarning 66 foizini tiklashni anglatadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

 ❓Turizm faoliyatini litsenziyala olish tartibini bilasizmi?✅ Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya madan...
16/05/2023



❓Turizm faoliyatini litsenziyala olish tartibini bilasizmi?

✅ Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya madaniy meros boshqarmalari tomonidan quyidagi faoliyatlarni amalga oshirganlik uchun beriladi:

🔹 a) ichki turizm faoliyati;

🔹 b) chiqish turizmi faoliyati;

🔹 v) kirish turizmi faoliyati.

✅ Litsenziyani olish uchun talabgordan “Litsenziya” Axborot tizimi (license.gov.uz (https://license.gov.uz/)) shaxsiy kabinetiga kirgan holda ariza rasmiylashtirish talab etiladi.

- Mazkur xizmatda davlat boji sifatida “Ichki turizm” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati uchun BHMning 2 baravari;

💸 “chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yoʻnalish turi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun BHMning 5 baravari, arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 2,5 baravarida yigʻim toʻlanadi;

⏰ Ariza 5 k***a koʻrib chiqiladi;

Batafsil ma'lumot uchun!!! 📌
(https://b-advice.uz/blog/267)

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

 ?❓Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida bilasizmi?✅ Xabardor qi...
12/05/2023

?

❓Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida bilasizmi?

✅ Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turlari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilanadi.

‼️ Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turlari bilan xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi.

✅ Ma'lum bir faoliyatni boshlash uchun “Litsenziya” axborot tizimi (https://license.gov.uz/) orqali ariza rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun!!! 📌

(https://b-advice.uz/blog/215)Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

💢 Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Res...
12/05/2023

💢 Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

✅ Xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, umumiy ovqatlanish va tovarlarni yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

🔹Eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalari, shu jumladan, xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatib turish belgilandi (yuk tashish bundan mustasno).

🔹Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi belgilab qo‘yildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/biznesgamaslahat

Address

Toshkent Shahar, Olmazor Tumani, Sag`bon Ko`chasi, 44-uy
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712070066

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when B-advice.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share