24/10/2023
Bilasizmi?
✅Imtiyozli davr muddatini 2024 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirishga ruxsat etilgan
✅Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2023 yildagi PQ-316-son qarorining 1-bandiga koʼra, tadbirkorlik subʼektlariga, ularning xohishiga koʼra, 2018-2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar boʼyicha imtiyozli davr muddatini 2024 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirishga ruxsat etilgan.
❗️Bunda:
🔵imtiyozli davr davomida tadbirkorlik subʼektlari tomonidan kredit boʼyicha faqat foiz toʼlovlari amalga oshiriladi;
🔵imtiyozli davrda toʼlanishi lozim boʼlgan asosiy qarz boʼyicha toʼlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
🔵Imtiyozli kredit masalasida imtiyozli davr muddatini uzaytirish boʼyicha tadbirkorlar bevosita kredit ajratgan banklarga arizalar bilan murojaat qilishlari lozimligi tushuntiriladi.