16/04/2021
Web MEET-UP
📲 Web dizaynga qiziqasizmi, Web dasturlashgachi?!
Demak, bu yangilik siz uchun😉
✔️17-aprel kuni DEIC va IT Park bilan birgalikda Web Design and Development Meetup oflayn uchrashuvi tashkil etilmoqda. Ushbu uchrashuvda siz WEB va MOBIL DIZAYN sohasining istiqbollari, sohadagi yuqori talab va daromat, bu sohani o'rganishda ko'pchilik qiladigan xatolar haqida Elmira Gazizova so'zlab beradi.
"Meetup"ning ikkinchi qismida WEB sohasiga endi kirib kelgan yoshlar uchun maslahatlar beriladi. Nima uchun WEB sohasiga doimiy talab borligini, qanday qilib sifatli portfolio tuzish va frontend yo'nalishining asoslari haqida Azimjon Kamolov so'zlab beradi.
Meet-up: Web dizayn (Ui/Ux) va Web dasturlash sohalarini o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar va qiziquvchilar uchun tashkil qilinmoqda.
🗓 Sana: 2021-yil 17-aprel
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 7-bino, Faollar zali
Ro'yxatdan o'ting va o'z joyingizni band qiling!
https://forms.gle/g4cJtcHnPBvx6oXw8