01/08/2024
⚡️Biff mahsulotlarini qarshi oling!
▪️Bifidobakteriyalar - ovqat hazm qilish jarayonida, aminokislotalar, immunoglobulinlar va vitamin B va K guruhlari sintezida ishtirok etadi. Muhim aminokislotalarning sintezini rag’batlantiradi, ularning ishtirokida kalsiy tuzlari va vitamin D so’riladi. Anemiya, raxit va allergik kasalliklarni rivojlanishini oldini oladi. Bifidobakteriyalarning vazifasi tananing immunologik reaksiyalarida ishtirok etadi (ya’ni ular immunitet tizimini mustahkamlaydi). Limfa tizimini, immunoglobulinlarning sintezini rag’batlantiradi.
▪️Laktobakteriyalar - antibiotiklarga o’xshash xususiyatlarga ega. Sut va sirka kislotasini ishlab chiqarish orqali ular patogen mikrofloraning o’sishiga to’sqinlik qiladi. Yallig’lanish reaksiyalarida Ig E ishlab chiqarishni bloklaydi.
▪️Propionobakteriyalar - bu mikroorganizmlar immunitetimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, immunomodulyator ta’sirga ega. Propion kislotasi bakteriyalari ma’lum kimyoviy birikmalarning toksik ta’sirini kamaytiradi, ultrabinafsha nurlanishidan zararni yumshatadi. Propionobakteriyalar va laktobakteriyalar laktoza fermentatsiyasi tufayli ichakning pH darajasining kislotali tomonga siljishiga olib keladi, kislotali muhit patogen va shartli patogen bakteriyalarning ko’payishiga to’sqinlik qiladi va ovqat hazm qilish fermentlarining optimal ta’sirini ta’minlaydi.
▪️Qo’llanilishi:
- Ich kelishini normallashtirish va ichak mikroflorasini tiklash uchun;
- Ichak disbakteriozida, qabziyat;
- Antibiotiklardan so’ng yuzaga keladigan disbakteriozlarda;
- Kimyoterapiya muolajasidan keyin;
- Meteorizm (qorin dam bo’lishida);
- Yangi tug’ilgan va muddatdan oldin tug’ilgan chaqaloqlarga;
- Allergik va dermatologik kasalliklarda;
- Gelmintoz kasalliklarda.
🧑💻Ko’pro ma’lunotlar uchun: doraline.uz