21/11/2024
🤔 Hech o’ylab ko’rganmisiz, qanday qilib ba’zi kompaniyalar bir vaqtning o’zida juda ko’p mijozlarga mahsulot sota olishadi ?
Javob oddiy — avtomatlashtirilgani uchun
Ya’ni, Zamonaviy dasturlar yordamida ishlar inson ishtirokisiz amalga oshirilgani sabab vaqt tejalib, xarajatlar qisqaradi.
Masalan, xodimlaringiz mijozlarning bir xil turdagi savollariga javob berishi yoki buyurtmalarni bittama-bitta o’rganib chiqishiga hojat qolmaydi.
Bularning hammasini maxsus tizimlar yordamida tez va samarali amalga oshirish mumkin.
Biznes uchun avtomatlashtirish nega muhim?
Dasturlar ishni tezroq bajarib, vaqtni tejaydi. Shuningdek, inson yo’l qo’yadigan xatoliklar kamayadi, ish sifati oshadi.
Avtomatlashtirishning yana bir yutug’i —
dasturlar mijoz ehtiyojlaridan kelib chiqib, aynan ularga mos xizmatni taklif qiladi.
Keyingi savol — aynan qaysi jarayonlarni avtomatlashtirish muhim, qaysilarini esa inson bajargani ma’qul?
Bu sizga ham qiziq bo’lsa, olovcha 🔥belgisini bosing.
Keyingi postlarimizda bunga batafsil javob berib o’tamiz.