20/10/2026
Biznesingiz rivoji NPS koʻrsatkichi bilan bogʻliq
NPS bu – isteʼmolchilarning sodiqlik indeksi boʻlib, ularning kompaniyangizga bo'lgan munosabatini aniqlaydi. Boshqacha aytganda, NPS biznesning rivojlanish istiqbolini koʻrsatadi.
🤝 Sodiq mijozlar bizga nima uchun kerak?
– isteʼmolchini mijozga aylantirish, mavjudni saqlab qolishdan 5-25 baravar qimmatroq;
– sodiq mijozlaringiz qolganlarga nisbatan 4 marta ko‘proq takroriy xaridlar qilishadi;
– mijozlaringiz sizni tark etishini 5 % ga kamaytirish, daromadni 25-95 % ga oshiradi.
❓ NPS koʻrsatkichini qanday hisoblash mumkin?
1. Isteʼmolchilardan soʻrovnoma toʻldirishlarini soʻrang:
“0 dan 10 gacha bo'lgan shkalada bizni tanishlaringizga tavsiya qilish ehtimolingizni belgilang”
2. Segmentlardan isteʼmolchilar foizini hisoblang:
9-10 ball – qoʻllab quvvatlovchilar;
7-8 ball – neytral;
0-6 ball – tanqidchilar.
3. Formula yordamida NPS'ni hisoblang:
NPS = “qo‘llab quvvatlovchilar foizi” – “tanqidchilar foizi”
Agar sizda 0 dan katta raqam hosil boʻlsa, demak natija ijobiy hisoblanadi.
😉 Postni foydali deb hisoblasangiz, albatta doʻstlaringizga ham ulashing.
Bito haqida batafsil - +998-55-512-37-00
Botda ariza - https://t.me/bito_sales_bot
Bito - raqamli ekotizim
🌐 https://bito.uz