08/06/2022
Talaffuzni rivojlantiruvchi mashqlar
Shu paytgacha ko‘plab talaffuzni rivojlantiruvchi mashqlar haqida ma'lumot berdik. Bugun aynan o‘zim uzoq yillardan beri foydalanadigan TOP – 3 ta mashq haqida eslatmoqchiman.
1. Yong‘oq mashqi:
Ushbu mashq tajribadan o’tgan va shu bilan birga samarasi tez seziladigan mashqlar sirasiga kiradi. O’zim ham 18 yildan beri ushbu mashqni muntazam bajarib boraman.
2. Qalam mashqi:
Kuniga atigi 10 daqiqa vaqt ajratsangiz olam guliston. Sof talaffuzni istovchilar uchun ushbu mashq ayni muddaodir.
3. Marker qopqog‘i mashqi:
Bu mashq ham talaffuzni yaxshilovchi keng tarqalgan mashqlardan biri. Siz ham tavsiyamizdagi mashqlarni muntazam bajarishga odatlaning va natijasini biz bilan bo’lishing.