23/10/2025
Texnologiyalar, startaplar va sun’iy intellekt: Silikon vodiysida nimalar bo‘layapti
Numeo AI’ning birinchi tadbiriga bo‘lgan yuqori qiziqish va cheklangan joylar sababli, biz Akmal Payziyev bilan yana bir uchrashuv tashkil qilamiz.
📅 24-oktabr, soat 19:00
📍 IMPACT.T Technology Hub, 4-qavat
Akmal Payziyev, Numeo AI (AQSh) kompaniyasining CEO’si va tasischisi, Silikon vodiysida bugun nimalar bo‘layotgani haqida o‘z tajribasi va kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashadi:
• sun’iy intellekt qayerga tomon rivojlanmoqda;
• startaplar qanday tug‘iladi va o‘sadi;
• qaysi texnologiyalar bugun sanoatlarni va inson hayotini o‘zgartirmoqda;
• va bu jarayonlarda O‘zbekiston uchun qanday imkoniyatlar mavjud.
Bu interaktiv uchrashuv bo‘lib, ishtirokchilar sohaning yetakchi mutaxassisidan dolzarb fikrlarni esh*tish, savollar berish va texnologiyalar hamda sun’iy intellekt rivojining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
⚡ Tadbir o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
Joylar soni cheklangan — ro‘yxatdan o‘tish “bio”da