13/10/2021
1903-yilga qadar AQShda identifikatsiyaning uchlama tizimi qo‘llanilgan: ism, surat va o‘n bitta “Bertilona” antropometrik o‘lchamlari.
Kanzas shtatida bitta jinoyat uchun ikki kishi hukm qilinganidan keyin barmoq izlari identifikatsiya uslubi sifatida qo‘llana boshlandi.
Ularning ikkisining ham ismi Uil Uest bo‘lib, bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshagan. Faqat barmoq izlarigina ularning qaysi biri aybdor ekanligini aniqlashga yordam bergan.