Abdusattor

Abdusattor IT tadbirkor — Abdusattor Abdurahimov

25/10/2022

🔑 Qo’lingizdagi imkoniyatdan foydalaning!

Kasb tanlash va noaniqlikdagi tanlovlar.

Audio ➡️ t.me/abdusattor/11

BEHANCE.NET – Creativ ijodkorlar va iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq. Ado...
14/05/2020

BEHANCE.NET – Creativ ijodkorlar va iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq. Adobe korporatsiyasiga qarashli bo’lgan ushbu tizimda 3D, Fotoshop va Illustratorga o’xshash suratlar chizish dasturlarida ishlaydigan kishilar yollanadi. Raqobat juda kuchli. Ammo qilgan ishlaringiz, chizgan rasmlaringiz arzirli bo’lsa, albatta katta miqdorda to’lanadigan ishlarga buyurtma olishingiz mumkin.
Siz bu sohadan uzoq bo`lsangiz ham bu saytga kirib Creativ ijodiy ishlarni tomosha qilib chiqishingiz mumkin.

👉 https://t.me/ITbusiness_school

GRAFIK DIZAYN ORQALI PUL TOPISHFotoshop yoki Illustrator dasturida professional ishlar qila olasangiz, grafik dizayn yo’...
14/05/2020

GRAFIK DIZAYN ORQALI PUL TOPISH

Fotoshop yoki Illustrator dasturida professional ishlar qila olasangiz, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma olishdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.

O'zbekistonda ko'plab iste'dodli yoshlar bu yo'nalishdan yaxshigina daromat topishadi.

Pul topish mumkin bo'lgan saytlar ro'yxati:
graphicriver.net
shutterstock.com
freepik.com

👉 https://t.me/ITbusiness_school

MATN TARJIMA QILIB INTERNETDAN PUL TOPISHBir tildan ikkinchi tilga har qanday shaklda (og’zaki, yozma, sinxron) tarjima ...
14/05/2020

MATN TARJIMA QILIB INTERNETDAN PUL TOPISH

Bir tildan ikkinchi tilga har qanday shaklda (og’zaki, yozma, sinxron) tarjima qila olsangiz, tarjima bo’yicha freelancerlik qilishingiz mumkin. Bugungi k***a tarjima eng ko’p talab etilayotgan tillar Xitoy, Ispan, Portugan va Yapon tillari hisoblanadi. Bu tillarning birortasiga(dan) tarjima qila olsangiz, juda ko’p buyurtmalar olishingiz mumkin. Albatta tarjima qilinayotgan tilning ikkinchisi ingliz tili bo’ladi. Tilni bilish qobiliyatingiz bilan uyda, kompyuteringiz qarshisida bir piyola choy ustida ishlashingiz mumkin.

Tarjima qilib pul topish mumkin bo`lgan saytlar ro`yxatini tez kunlarda havola qilamiz.

👉 https://t.me/ITbusiness_school

DASTURLASH ORQALI INTERNETDAN PUL TOPISHKod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul i...
14/05/2020

DASTURLASH ORQALI INTERNETDAN PUL TOPISH

Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan Java, C #, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!

👉 https://t.me/ITbusiness_school

KWORK.ru - Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 100$ hatto 200$ gacha pul ishlashadi. Xo`sh shuncha pul is...
29/04/2020

KWORK.ru - Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 100$ hatto 200$ gacha pul ishlashadi.

Xo`sh shuncha pul ishlash uchun nima qilish kerak?
Avvalo foydali xizmat turlarini o`rganishingiz kerak.
Masalan: sayt yuritish, fotoshop, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, smm va shunga o`xshash xizmatlar. Xullas qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo`lsa bo`ldi.
Bularning hammasini internet orqali bepul o`qib o`rgansa bo`ladi.

Yodda tuting!
Pessimist odam Har bir imkoniyatda qiyinchilikni ko`radi.
Optimist odam esa Har bir qiyinchilikda imkoniyatni ko`radi.

👉 https://t.me/ITbusiness_school

Sen ham shunday pullar hohlaysanmi unda tepaga svayp qil 😅 Bugun Sizlarga firibgarlik bilan shugullanadigan telegram kan...
13/04/2020

Sen ham shunday pullar hohlaysanmi unda tepaga svayp qil 😅

Bugun Sizlarga firibgarlik bilan shugullanadigan telegram kanallariga va saytlariga aldanib qolmaslgingiz uchun o'z maslahatlarimni beraman!

- Kopchilik tez boyib ketishni va yaxshi daromad topishni orzu qilib eng qimmatli bo'lgan vaqtini arzimagan sentlarga almashib yuboradi.
- Pulingiz bo'lib aqlingiz bo'lmasa u pulni ham yo'qotasiz. Sizga notanish bo'lgan inson hech qachon Sizni pulingizni 2 barobat qilib qaytarmaydi. Nega unda o'zini pulini ishlatmaydi?
- Stavkalarga pul tikib boyib ketishni hayolingizdan chiqarib tashlang. Qimor ohirida kazino egasi yutadi. "Jin ursin" Forexda 100 000 $ pulini yutkazib qo'ygan tanishim esimga tushib ketdi :)
- Uyda otirib internetda yaxshi daromad topsa bo'ladi, buning uchun Sizda bilim bo'lishi kerak, mehnat qilishingiz kerak va albatta internet bo'lish kerak. Faqat shu yo'l bilan internetdan pul topsa bo'ladi. Mehnat qilmasdan internetdan pul topish uchun Siz ham firibgar bo'lishingiz kerak ;)

1-2 kun ichida Sizlarga mehnat qilib pul topish mumkin bo'lgan saytlar royxatini tuzib beraman! Shunga qarab vaqtingizni hunar organishga sarlashingizni maslahat beraman.
Unutmang tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi!

© Abdusattor Abduraximov

Telegram kanalga obuna bo'ling
👉 https://t.me/ITbusiness_school

HAYOTNING 10 OLTIN QOIDASI1. Qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta, bajaring!2. Kechikyapsizmi? Bu haqida ogohl...
12/04/2020

HAYOTNING 10 OLTIN QOIDASI

1. Qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta, bajaring!
2. Kechikyapsizmi? Bu haqida ogohlantirishni unutmang.
3. O‘zgalarning orzusini kulgu qilish yaramaydi!
4. Sizga xoinlik qilgan odamlar davrasiga aslo qaytmang!
5. Doimo ota-onangiz duosini olishga oshiqing.
6. Shirinso‘z bo‘ling! Ishoning, bu atrofdagilardan ko‘ra, Sizga ko‘proq foyda olib keladi.
7. O‘z xatolaringizni tan olishni o‘rganing.
8. Shikoyat qilish odatini tark eting.
9. Hattoki eng jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelganda ham qarshingizdagi insonning nozik tomoniga zarba bermang.
10. Faqat rost gapiring! Agar rost gapirishning iloji bo‘lmasa, yolg‘on gapirmang!
Sizlarga yana bir qoidani bonus qilib aytaman. Qarz oldingizmi vaqtda qaytaring, vaqtida qaytara olmayabsizmi muddati kelishidan oldin vaziyatni togri tushuntiring, hech bolmasa telefon qilganda kotaring. Iloji bo`lsa qarz olmang!

© Abdusattor Abduraximov

Telegram kanalga obuna bo`ling
https://t.me/ITbusiness_school

Ilon Maskdan muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb so’rashganda, u judayam oddiy javob beradi.«Men ko’p kitob o’qiyman».IL...
12/04/2020

Ilon Maskdan muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb so’rashganda, u judayam oddiy javob beradi.

«Men ko’p kitob o’qiyman».

ILON MASKNI ILHOMLANTIRGAN 14 KITOB

1. Uzuklar hukmdori. J.R.R. Tolkien.
2. Koinotda avtostop bilan.
3. Benjamin Franklin. Biografiya. Uolter Aysekson.
4. Eynshteyn. Uning hayoti va olami. U. Aysekson
5. Konstrukciyalar yohud narsalar nimaga buzilib ketmaydi. J. Gordon
6.’Ignition!: An Informal History of Liquid Rocket Propellants’J.D.Klark
7. ‘Sun’iy (super) aql. Bosqich, tahlika va strategiyalari’. Nik Bostrom.
8. ‘Noldan birgacha. Startaplardan bitiklar yohud kelajakni qanday o’zgartirish mumkin’. Piter Til.
9. ‘Hovard Hyuz. Uning hayoti va fojeaviy yakuni’. Donald Barlett va Jeyms Stil.
10. ‘Shubha savdogarlari’. Naomi Orestes va Erik Konuey.
11. The ‘Foundation’ trilogiyasi. Ayzek Azimov.
12. ‘Oy — shafqatsiz mezbon’. Robert Haynlayn.
13. ‘Madaniyat’ seriyali kitob. Ien M. Benks.
14. ‘So’nggi ixtiro’. Jeyms Barrat.Ilon

Telegram kanalga obuna bo`ling
https://t.me/ITbusiness_school

IT (Information Technology) BIZNES TELEGRAM kanali!IT BUSINESS SCHOOL- IT biznes saytlari haqida ma'lumotlar- IT biznesm...
29/08/2019

IT (Information Technology) BIZNES TELEGRAM kanali!

IT BUSINESS SCHOOL

- IT biznes saytlari haqida ma'lumotlar
- IT biznesmenlari haqida ma'lumotlar
- IT dasturlari haqida ma'lumotlar
- IT tadbirlari va uchrashuvlar
- IT ga oid bo'sh ish o'rinlari
- IT loyihalar va investorlar

https://t.me/ITbusiness_school

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Abdusattor posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share