Atv rasmiy

Atv rasmiy O'zbekiston va jahon iqtisodiyoti, moliya va biznes olamidagi eng muhim yangiliklar

2022 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan tebranishi 10 ming 801 – 11 ming 572 dollar/so‘m diapazonid...
02/02/2023

2022 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan tebranishi 10 ming 801 – 11 ming 572 dollar/so‘m diapazonida shakllangan va 3,9 foizga qadrsizlangan

2022 yil davomida so‘mning dollarga nisbatan kursi yil boshiga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan 2022 yil uchun «Ichki valyuta bozori sharhi»da maʼlumot berildi.

Jahondagi geosiyosiy keskinliklarning yuzaga kelishi, savdo hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari devalvatsion kutilmalarining ortishi fonida mart oyining dastlabki haftalarida xorijiy valyutaga nisbatan talab sezilarli darajada oshishi kuzatilgan. Natijada, milliy valyuta ayirboshlash kursi yil boshiga nisbatan 7 foizgacha qadrsizlangan.

Bunda, pul-kredit siyosatining o‘z vaqtida qatʼiylashtirilishi valyuta bozorining barcha segmentlarida xorijiy valyutaga talabning sezilarli darajada pasayishiga va taklifning ortishiga taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa, moslashuvchan almashuv kursi tashqi shoklarning salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qilgan.

2022 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan tebranishi 10 ming 801 – 11 ming 572 dollar/so‘m diapazonida shakllangan va 3,9 foizga qadrsizlangan.

Aytilishicha, milliy valyuta almashuv kursi dinamikasi shakllanishi geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi, ichki valyuta bozori ishtirokchilarining kutilmalari hamda tashqi moliya bozorlari konyunkturasiga bog‘liq bo‘ladi.

Markaziy bank disbalanslar ortib borishi oldini olish maqsadida erkin shakllanuvchi valyuta almashuv kursi rejimiga amal qilib boradi hamda oltin-valyuta zaxiralari neytrallik prinsipini taʼminlashini qayd etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Address

Узбекистан
Tashkent

Telephone

+998770150300

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Atv rasmiy posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Atv rasmiy:

Share