28/11/2024
Biochar as an Organic Fertilizer Replacing Chemical Fertilizers
🪴Due to its properties that create favorable conditions for microorganisms, biochar serves as an effective carrier for microbial inoculants. Its application in agriculture and environmental purposes has shown remarkable results.
📌 Composition of Biochar:
- Enriched with organic carbon;
- Contains nutrients such as nitrogen, phosphorus, and potassium;
- Possesses high porosity and excellent moisture retention capacity.
🧪 Additionally, biochar attracts microbial cells and stimulates their proliferation due to its numerous functional groups, such as hydroxyl, carboxyl, sulfonic acid, amino, and imino groups.
What benefits does biochar offer? 🧐
🌱 Enhances the survival and colonization of inoculant microbes in soil and plant roots.
Improves biochemical processes in soil, accelerating nutrient and carbon cycling.
Restores soils contaminated with organic pollutants.
Effectively supports plant growth.
Recent studies are expanding the possibilities of using biochar as an alternative to non-renewable materials like peat. This advancement is expected to further develop microbial immobilization technologies based on biochar.
https://doi.org/10.1016/j.scitotenv.2023.163968
_______________________________________________________
Biochar Kimyoviy o'gitlar o'rnini bosuvchi organik o'git
🪴Biochar mikroorganizmlar hayoti uchun qulay sharoit yaratadigan xususiyatlari tufayli mikrobiologik inokulyantlar uchun samarali tashuvchi bo‘ladi. Uni qishloq xo‘jaligi va ekologik maqsadlar uchun qo‘llashda sezilarli natijalar berayotgani e'tiborga loyiqdir.
📌Biocharning tarkibi:
- Organik uglerod bilan boyitilgan;
- Azot, fosfor va kaliy kabi oziq moddalarga ega;
- Yuqori porozlikka va namlikni ushlab turish qobiliyatiga ega.
🧪Shuningdek, biochar o‘zining faol gidroksil, karboksil, sulfon kislota, amin, imin kabi ko‘plab funksional guruhlari bilan mikroorganizmlar hujayralarini o‘ziga jalb qiladi va ularning ko‘payishini rag‘batlantiradi.
Biochar qanday foyda keltiradi?🧐
🌱Tuproq va o‘simlik ildizlarida inokulyant mikroblarning uzoq muddat yashashi va kolonizatsiyasini oshiradi.
Tuproqdagi biokimyoviy jarayonlarni yaxshilaydi, oziq moddalar va uglerod aylanishini tezlashtiradi.
Organik ifloslantiruvchi moddalar bilan zararlangan tuproqni tiklaydi.
O‘simliklarning o‘sishini samarali qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangi tadqiqotlar biocharni torf kabi qayta tiklanmaydigan materiallarga muqobil sifatida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqda. Bu esa biochar asosidagi mikroblar immobilizatsiyasi texnologiyasini yanada rivojlantirishi kutilmoqda.