waste.uz

waste.uz O'zbekistondagi yagona yirik maishiy chiqindilar uyushmasi

Xonadoningiz va tashkilotingizdan chiqadigan chiqindilarni eskirgan idishlar va qoplarga tashlash joningizga tegdimi?Und...
05/06/2026

Xonadoningiz va tashkilotingizdan chiqadigan chiqindilarni eskirgan idishlar va qoplarga tashlash joningizga tegdimi?

Unda biz sizga “IPLAST DILER” mas’uliyati cheklangan jamiyati xizmatlarini taklif qilamiz. Mas’uliyati cheklangan jamiyat "IPLAST" kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri bo‘lib 120 litr, 240 litr, 360 litr, 660 litr, 770 litr, hamda 1100 litrlik zamonaviy plastik chiqindi idishlari sotish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Zamonaviy plastik chiqindi idishlar mustahkamligi, vizual ko‘rinishi va atrof - muhitga turli hidlar chiqarmasligi bilan ajralib turadi va barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Bizga bog‘lanish va batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling. +998770808833 +998992074444

Bugungi k***a toza va samarali chiqindi boshqaruvi — barchamiz uchun muhim, shunday ekan “IPLAST DILER” xonadonlar, mahalla, tashkilotlar uchun ideal tanlov! Bizning xizmatlardan foydalaning va atrof-muhitni tozaligini asrang!
____

Устали сбрасывать отходы из вашей квартиры и организации в старые контейнеры и мешки?

Тогда мы предлагаем вам услуги общества с ограниченной ответственностью "IPLAST DILER." Общество с ограниченной ответственностью является официальным дилером компании "IPLAST" в Узбекистане, которое занимается продажей и поставкой современных пластиковых мусорных контейнеров объемом 120 литров, 240 литров, 360 литров, 660 литров, 770 литров, а также 1100 литров.

Современные пластиковые мусорные контейнеры отличаются прочностью, визуальным видом и отсутствием различных запахов в окружающую среду и отвечают всем современным требованиям. Звоните по телефонам, указанным ниже, чтобы связаться с нами и узнать больше. +998770808833 +998992074444

Сегодня чистое и эффективное управление отходами важно для всех нас, поэтому "IPLAST DILER" - идеальный выбор для домов, махаллей, организаций! Пользуйтесь нашими услугами и сохраняйте чистоту окружающей среды!

📆5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuniBugun, 5-iyun butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanmo...
05/06/2026

📆5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni

Bugun, 5-iyun butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanmoqda. Bu kun munosabati bilan har yili global ekologik muammolarga e'tibor qaratiladi. Xususan, 2026-yilda iqlim o‘zgarishi signallariga javoban shoshilinch choralar ko‘rishga e'tibor qaratiladi. Asosiy missiya butun dunyo bo‘ylab insonlarni ekotizimlarni himoya qilish va tiklash bo‘yicha amaliy harakatlarga ilhomlantirish hamda jalb etishdir.
______

📆5 июня — Всемирный день окружающей среды

Сегодня, 5 июня, отмечается Всемирный день окружающей среды. Ежегодно в этот день внимание мировой общественности привлекается к глобальным экологическим проблемам. В частности, в 2026 году основной акцент сделан на необходимость принятия срочных мер в ответ на изменение климата. Главная миссия — вдохновить и вовлечь людей по всему миру в практические действия по защите и восстановлению экосистем.

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

Sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatga yechim topildi Xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqar...
04/06/2026

Sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatga yechim topildi

Xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Barhayot Meliyev Olmaliq shahridagi "Kimyogar" mahallasida tadbirkorlar va fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazgan edi.

Mazkur sayyor qabul davomida fuqaro "Kimyogar" mahallasi Metallurg ko‘chasi 42-uy orqa qismiga noma’lum shaxslar tomonidan chiqindilar tashlab ketilayotgani, buning natijasida noqonuniy chiqindixona yuzaga kelayotganidan shikoyat qildi.

Ushbu murojaat yuzasidan Olmaliq shahar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan "Angren Bunyod Fayz" MChJ ishchi-xodimlari va maxsus texnikalari jalb qilinib, muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi.

Shuningdek, Ekopolitsiya xodimlari tomonidan mazkur hudud doimiy nazoratga olindi.

Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

Qadrli yurtdoshlar!🌙Barchangizni muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.Ushbu muborak k***a qilg...
27/05/2026

Qadrli yurtdoshlar!

🌙Barchangizni muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu muborak k***a qilgan barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin. Tabiatni asrab-avaylash, daraxt ekish, jonivorlarga mehr-muhabbatli bo’lishdek savobli amallarda bardavom bo‘ling.

Oilangizni tinchlik, totuvlik, baraka aslo tark etmasin. Mehr-oqibat, omad va muvaffaqiyatlar doim hamrohingiz bo‘lsin.
_

Уважаемые соотечественники!

🌙От всего сердца поздравляем вас со священным праздником — Курбан-хайит!

Пусть в этот благословенный день исполнятся все ваши добрые намерения и чистосердечные молитвы. Желаем вам оставаться преданными благородным делам — беречь природу, сажать деревья, проявлять заботу и милосердие к живым существам.

Пусть в ваших домах всегда царят мир, согласие и изобилие, а каждый день будет наполнен добром, удачей и благополучием.

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

18/05/2026

Bugun sizlarni Zero Waste MCHJda qariyb 20 yildan buyon fidokorona mehnat qilib, o‘zining mas’uliyati va namunali faoliyati bilan jamoaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Saidgʻani Azimovning hayot yo‘li bilan yaqindan tanishtiramiz.
____

Сегодня мы познакомим вас с жизненным путем Саидгани Азимов, который уже почти 20 лет трудится в Zero Waste MCHJ и за это время зарекомендовал себя как ответственный и образцовый сотрудник.

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

 ⚠️Qonunchilikka ko‘ra, chiqindilarni quyidagi joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi: https://...
11/05/2026



⚠️Qonunchilikka ko‘ra, chiqindilarni quyidagi joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi: https://lex.uz/ru/docs/107115 #111301

🔹 aholi punktlari yerlarida,

🔹 tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda,

🔹 moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda,

🔹 fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda.
_____

#Знаетеливы?

⚠️Согласно законодательству, запрещается хранение и захоронение отходов в следующих местах: https://lex.uz/ru/docs/107115 #111301

🔹 на землях населённых пунктов;

🔹 на землях, предназначенных для природоохранных, оздоровительных и рекреационных целей;

🔹 на землях, где расположены объекты материального культурного наследия;

🔹 в иных местах, где может возникнуть угроза причинения вреда жизни и здоровью граждан, а также объектам охраны природы и охраняемым природным территориям.

🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni 🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga t...
09/05/2026

🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni

🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik va xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Mehnatkash va donishmand xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

🧍‍♂️ Ikkinchi jahon urushida o‘sha davrda 6,8 million aholiga ega O‘zbekistondan 1 million 950 ming nafar kishi qatnashgan. Ularning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ortiq yurtdosh nogiron bo‘lib qaytgan.

📊 Respublika 1,5 milliondan ziyod evakuatsiya qilingan insonni, jumladan, 250 ming nafar yetim bolani qabul qilgan.

✅ Joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 30 million so‘mdan pul mukofoti berildi. Shuningdek, ularni davolash va dam oldirish bo‘yicha imtiyozli tizim amal qilib kelmoqda.

🕊 Bugun jamiyatda tinchlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni asrash muhim.

🇺🇿 Xotira va qadrlash ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin, aziz Vatandoshlar!

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonida ma’naviy-ma...
07/05/2026

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar “Motamsaro ona” monumenti va “Uch askar” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Vatan ozodligi hamda xalq tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasini ehtirom bilan yod etdilar.

Marosimda tuman hokimi Uskenbay Atemov, tuman prokurori, IIB va Soliq inspeksiyasi rahbarlari, deputatlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, “Zero Waste” MCHJning Yuqori Chirchiq tumani filiali xodimlari ham tadbirda qatnashib, “Motamsaro ona” monumenti poyiga gul qo‘ydilar.

Tadbir davomida madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik ruhidagi badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurot ulashdi.

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

♻️ Toza muhit – har birimizdan boshlanadi!Hurmatli iste’molchilar,maishiy chiqindilarni tashish xizmatlarining uzluksiz ...
28/04/2026

♻️ Toza muhit – har birimizdan boshlanadi!

Hurmatli iste’molchilar,
maishiy chiqindilarni tashish xizmatlarining uzluksiz faoliyati siz va bizning hamkorligimizga bog‘liq.

❗️ Iltimos, ushbu xizmatlar uchun qarzdorlik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymang.

Bu nafaqat tizim barqarorligi, balki yashayotgan hududimizning tozaligi uchun ham muhim.

💳 To‘lovlarni qulay tarzda quyidagi ilovalar orqali amalga oshirishingiz mumkin:
— Payme
— Click Up
— UZPAYNET
— UPay

🌱 Keling, birgalikda toza va sog‘lom muhitni saqlaylik!

O‘z vaqtida to‘lov – bu sizning ekologiyaga qo‘shgan hissangizdir.

________

♻️ Чистая окружающая среда начинается с каждого из нас!

Уважаемые потребители,
бесперебойная работа услуг по вывозу бытовых отходов зависит от нашего с вами сотрудничества.

❗️ Пожалуйста, не допускайте образования задолженности за данные услуги.

Это важно не только для стабильной работы системы, но и для чистоты территории, в которой мы живём.

💳 Оплату можно удобно осуществить через электронные платёжные приложения:
— Payme
— Click Up
— UZPAYNET
— UPay

🌱 Давайте вместе сохранять чистую и здоровую окружающую среду!

Своевременная оплата — это ваш вклад в экологию.

📱 Kanalimizga obuna bo'ling:

Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bosh boshqarmaning Park...
28/04/2026

Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bosh boshqarmaning Parkent tumani Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida tumanning tog‘li hududlarida chiqindilar belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan holatlar aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va jarima choralari qo‘llanilgan.

Belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan chiqindilar esa “Zero Waste” sanitar tozalash korxonasi xodimlari tomonidan tozalanib, olib chiqib ketilgan.

Hurmatli fuqarolar, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik va uni yoqmaslik so‘raladi. Zero, bu kabi xatti-harakatlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi eslatib o‘tiladi.
_______

По сообщению пресс-службы Управления экологии и изменения климата Ташкентской области, сотрудниками экополиции Паркентского района было проведено очередное контрольное мероприятие.

В ходе мероприятия были выявлены случаи выброса отходов в неустановленных местах в горных районах. По данным фактам в отношении нарушителей были оформлены административные протоколы в соответствии со статьёй 91¹ частью 1 Кодекс Республики Узбекистан об административной ответственности, а также были применены штрафные санкции.

Отходы, оставленные в неустановленных местах, были убраны и вывезены сотрудниками санитарно-очистительного предприятия «Zero Waste».

Уважаемые граждане, просим не выбрасывать отходы в неустановленных местах и не сжигать их. Напоминаем, что за подобные действия предусмотрены соответствующие меры ответственности в установленном законом порядке.

Address

Мирзо Улугбекский район, у. Зиелилар, дом 1
Tashkent
100369

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when waste.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share