UFEZ-Urgut free economic zone

UFEZ-Urgut free economic zone UFEZ - Government organization, supporting companies and investors who want to expand their business

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma loyiha...
24/08/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar.

24/08/2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini kutib oldi.

Bugun 20-avgust – O‘zbekiston tarixida 6-bora Tadbirkorlar kuni keng nishonlanmoqdaUrgut erkin iqtisodiy zona direksiyas...
20/08/2026

Bugun 20-avgust – O‘zbekiston tarixida 6-bora Tadbirkorlar kuni keng nishonlanmoqda

Urgut erkin iqtisodiy zona direksiyasi Siz, azizlarni, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni bilan chin dildan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, yurt ravnaqi hamda xalq farovonligi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaydi.

Sizlar bor ekansizlar, O‘zbekiston albatta katta marralarni zabt etishda dadil odimlayveradi

– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz...
18/08/2026

– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,
– dedi davlatimiz rahbari.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi.

Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda.

Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi.

So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi.

Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman stud...
18/08/2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

– Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!
– dedi Prezidentimiz.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

Facebook|Instagram|X

Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni Partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Shi Guanhuai boshchiligidagi delegatsiy...
23/07/2026

Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni Partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Shi Guanhuai boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida "Urgut" EIZ Sariqtepa massiviga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, "Urgut" EIZ direksiyasi direktori J. Xaydarov hamda tuman hokimi o'rinbosari O. Suyunov kutib oldi.

Tashrif davomida mehmonlarga hududning mavjud infratuzilmasi, faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari va investitsiya salohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, bo‘sh yer maydonlarida zamonaviy sanoat korxonalarini barpo etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhok...
21/07/2026

Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.

Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi.

Bugun "Urgut" EIZ Direksiyasi direktor o‘rinbosari B. Amonov hamda bo‘lim boshlig‘i S. Xamraqulov ishtirokida Urgut tuma...
02/07/2026

Bugun "Urgut" EIZ Direksiyasi direktor o‘rinbosari B. Amonov hamda bo‘lim boshlig‘i S. Xamraqulov ishtirokida Urgut tumani 1-son kasb-hunar maktabi bitiruvchi o‘quvchilari bilan "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqayotgan yoshlarga "Urgut" EIZda yaratilgan imkoniyatlar, investitsiya loyihalari hamda erkin iqtisodiy zonaning viloyat va respublika iqtisodiyotidagi o‘rni haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Yakunda bitiruvchi yoshlar uchun "Urgut" EIZ korxonalariga biznes-ekskursiyalar tashkil etish hamda zonaning boshqa hududlardagi massivlariga tashriflarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan...
25/06/2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

"Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga, yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart",
- dedi Prezidentimiz.

Mutasaddilarga xorijiy investorlar ko‘targan 120 ta taklifning yechimi bo‘yicha qaror kiritish topshirildi.

Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar investitsiya sifati va samaradorligi bo‘yicha yondashuvlarini o‘zgartirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

So‘nggi besh yilda yurtimizga kiritilgan jami investitsiyaning yarmi 4 ta hududga to‘g‘ri kelgan. Lekin jalb qilingan sarmoyaning iqtisodiyotga qaytimi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi tafovut katta.

Masalan, 1 million so‘mlik investitsiya Farg‘onaning yalpi hududiy mahsulotiga qo‘shimcha 273 ming so‘mlik, Samarqandda 262 ming so‘mlik qo‘shilgan qiymat beryapti. Lekin Buxoroda bu atigi 117 ming so‘m. Ya’ni hududga olib kelinayotgan investitsiya samarasi boshqa hududlardan 2 karra past.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rah...
18/06/2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoga O‘zbekistondagi islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va kengash faoliyatiga samarali raislik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Anjumanda qatnashayotgan barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromini izhor etdi.

So‘nggi yillarda kengash oddiy maslahat mexanizmidan amaliy islohotlar maydoniga, Yangi O‘zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylangani ta’kidlandi.

Bugun kengash mustaqil assotsiatsiya maqomiga ega bo‘lib, tom ma’noda kuchli institut darajasiga ko‘tarildi.

O‘tgan bir yil davomida kengash ishtirokchilari soni 54 ta kompaniyadan 85 taga yetdi. Ular iqtisodiyotimizning 23 ta tarmog‘ini qamrab olib, ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi kengashning Ijroiya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Address

Navhoishokh 104
Urgut
141600

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998664831107

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when UFEZ-Urgut free economic zone posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to UFEZ-Urgut free economic zone:

Shortcuts

Share