30/06/2024
⚡️ Fargʻona tumani yoshlariga bayram tabrigi
Qadrli yoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun Fargʻona tumani yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom – “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi k***a maktab, kollej, texnikum va oliygohlarda bilim olayotgan, oʻz shaxsiy ishini ochib, tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan, Qurolli Kuchlarimiz saflarida yigitlik burchini sharaf bilan ado etayotgan, ishlab chiqarish, qurilish, ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va sanʼat, sport sohalariga, zamonaviy IT-texnologiyalari yoʻnalishlariga dadil kirib borayotgan, katta orzu-umidlar bilan yashayotgan oʻgʻil-qizlarimiz – bizning bebaho boyligimiz, oltin zaxiramizdir.
Siz, azizlarni bugungi yoshlik, baxt va nafosat ayyomi bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ulkan yutuq va omadlar tilayman.
Hech qachon unutmang, gʻalaba va baxt – astoydil intilganniki!
Sizlarning yutugʻingiz – bu butun tumanimizning yutug'i.
Oʻz oldingizga ulugʻ maqsadlar qoʻyib yashashdan aslo charchamang!
Barchangizga bayram muborak boʻlsin!
Inomov Xamidullo Tadjiyevich
Fargʻona tumani hokimi
Sayt | Telegram | Facebook | YouTube