Abdushukur Ergashev

Abdushukur Ergashev Hayot go'zal �, yashash soz, faqatgina uxlash oz! � Hayot go'zal 💵, yashash soz, faqatgina uxlash oz! 😉

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Farg‘ona hududiy filialida mala...
12/12/2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Farg‘ona hududiy filialida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladik.

Hurmatli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, axborot xizmatlari rahbarlari va axborot sohasid...
27/06/2025

Hurmatli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, axborot xizmatlari rahbarlari va axborot sohasida faoliyat yuritayotgan aziz hamkasblar!

Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman!

Bugun axborot – taraqqiyotning kuchli quroliga aylangan bir davrda yashayapmiz. Har bir yangilik, har bir islohot, har bir o‘zgarish haqida o‘z vaqtida, aniq va ishonchli ma’lumot yetkazish – bu zamonaviy axborot xodimining asosiy vazifasidir. Sizlarning fidoyiligingiz, kasbga sadoqatingiz, dolzarb yangiliklarni tezkor va haqqoniy yoritish yo‘lidagi mehnatingiz tahsinga loyiq.

Fargʻona tumanida olib borilayotgan islohotlarni, xalq bilan muloqotni, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi faol ishtirokingiz tufayli bugun tuman hayotida axborot ochiqligi tobora kuchayib bormoqda.

Sizlarning har bir maqolangiz, reportajingiz, sahifalaringizdagi har bir post ortida mas’uliyat, mashaqqat va mehnat yotadi. Bunday og‘ir, ammo sharafli kasbda sizlarga bardavom kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ijodiy yuksalish va hech qachon so‘nmas ilhom tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, so‘z va haqiqat posbonlari!

Hurmat bilan,
Abdushukur Ergashev
Fargʻona tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari, tuman hokimining matbuot kotibi, axborot masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi

Hurmatli fargʻonaliklar, aziz yurtdoshlar!Sizlarni Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!Bu...
06/06/2025

Hurmatli fargʻonaliklar, aziz yurtdoshlar!

Sizlarni Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Bu muqaddas ayyom mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat fazilatlarini yuksaltiradigan, yurtdoshlarimiz qalbiga tinchlik va fayz olib kiradigan ulugʻ bayramdir.

Qurbon hayiti har bir xonadonga baxt, har bir yurakka ezgulik olib kelsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Abdushukur Ergashev
Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari, tuman hokimi matbuot kotibi

Fargʻonada ilk bor Xalqaro kitobxonlik festivali boʻlib oʻtdi. Festival doirasida shahar markazidagi bogʻga kitob monume...
20/05/2025

Fargʻonada ilk bor Xalqaro kitobxonlik festivali boʻlib oʻtdi.

Festival doirasida shahar markazidagi bogʻga kitob monumenti oʻrnatish, festival uchun ramz va logotiplar yasash boʻyicha tanlov eʼlon qilinib, munosib deb topilgan namunalar boʻyicha kitob monumenti, festival ramzi va logotipi tayyorlandi.

Men ham ushbu festivalda monument tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etdim.

Festivalning ochilish marosimida ushbu kitob monumentning ham tantanali ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Festivalning yakuniy yopilish qismida esa ushbu tanlovlar gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Fargʻonadagi kitob monumenti haqida qisqacha:

Ushbu rasmda ochiq havoda joylashgan, ulkan ochilgan kitob ko‘rinishidagi haykal tasvirlangan. Haykal to‘liq jabhasi bilan ikki sahifaga ega bo‘lib, har bir sahifada Farg‘ona viloyatining madaniy, tarixiy va tabiiy boyliklarini ifodalovchi tasvirlar o‘yilgan.

Chap sahifa:
▪️ Fonida tog‘lar tasvirlangan, bu Farg‘onaning tabiiy go‘zalligi, xususan, tog‘li hududlarini bildiradi.
▪️ Oldingi planda esa Fargʻona tumani, Shohimardon qishlogʻidagi "Xazrat Ali" maqbarasi va chinor daraxti o‘yib chizilgan, bu tarixiy obidalar va yashil tabiatga urg‘u beradi.

O‘ng sahifa:
▪️ Yuqorisida “FARG‘ONA” va “WELCOME TO FERGHANA” deb yozilgan. Bu viloyatga tashrif buyuruvchilarga bag‘ishlangan mehmondo‘stlik ramzi sifatida ko‘rinadi.
▪️ Fargʻonaning ramziy darvozasi bu hududdagi tarixiy-madaniy merosga ishora qiladi.
▪️ Pastki qismda Fargʻona shahri markazidagi Ahmad al-Fargʻoniy haykali tasvirlangan. Bu ilm-fan, ma’rifat va kitobxonlikni ifodalaydi.
▪️ Margʻilon shahri markazidagi Qur’on o‘qiladigan lavh monumenti ham aks etgan bo‘lib, bu islomiy an’analarga hurmat ramzi bo‘lishi mumkin.

Umumiy baho:
Bu haykal – madaniyat, tarix, tabiat va ilmni uyg‘unlashtirgan ramziy yodgorlik sifatida qaraladi. U Farg‘onaning boy tarixini, mehmondo‘stligini va ma’rifatparvarlik an’analarini madh etadi.

Fargʻona viloyat Axborot kutubxona markazidan kichik bir esdalik. Ajoyib rasm uchun .olimjon ga rahmat! 👍✊
12/03/2025

Fargʻona viloyat Axborot kutubxona markazidan kichik bir esdalik. Ajoyib rasm uchun .olimjon ga rahmat! 👍✊

Muhtaram onaxonlar, aziz opa-singillar, mehribon ayollar!Bayramingiz muborak bo‘lsin!
08/03/2025

Muhtaram onaxonlar, aziz opa-singillar, mehribon ayollar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 doʻkonini ochilish tadbiridan esdalik
01/02/2025

doʻkonini ochilish tadbiridan esdalik

Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari va ommaviy axborot vositalari vakillari!Yangi yilning kirib kelishi ...
31/12/2024

Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari va ommaviy axborot vositalari vakillari!

Yangi yilning kirib kelishi bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarning professional fidoyiligingiz, haqqoniy va xolis yondashuvingiz tufayli Farg‘ona tumani hayoti, uning yangilanish va rivojlanish jarayonlari keng jamoatchilikka tez va aniq yetkazib kelinmoqda.

2024-yilda olib borgan sa’y-harakatlaringiz tufayli biz nafaqat tumanimizdagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni yoritishga erishdik, balki odamlar bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirishga ham katta hissa qo‘shdik. Bu har biringizning mashaqqatli mehnatingiz va qat’iyatligingiz natijasidir.

Yangi 2025-yil hammamiz uchun yanada ulkan marralar, ijodiy g‘oyalar va yutuqlar yili bo‘lishiga ishonaman. Jurnalistika va blogosfera jamiyatning eng muhim ko‘zgusi bo‘lib, kelgusida ham xalqimiz farovonligi yo‘lida sizlarning faoliyatingiz yanada muhim bo‘lishiga aminman.

Bayram arafasida barchangizga sog‘liq-salomatlik, shaxsiy hayotingizda baxt, oilaviy farovonlik va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Kelajakda ham hamkorligimiz davom etib, yangi marralarni birgalikda zabt etish nasib etsin!

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Abdushukur Ergashev
Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari

21/03/2024
18/03/2024
17/03/2024

Vodil manzarasi

Address

Vuadil'
150400

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Abdushukur Ergashev posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Abdushukur Ergashev:

Share